Marğilon şahrida inson ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Farğona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, YTH 19 aprel kuni sodir bölgan. 1986 yilda tuğilgan haydovçi M.T. Volkswagen maşinasini Marğilon şahar N.Xolmatova köçasida boşqarib borayotib, Spark bilan töqnaşib ketgan. Oqibatda Spark haydovçisi, 2003 yilda tuğilgan M.M. hodisa joyida vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Spark haydovçisi boşqaruvni yöqotiş oqibatida qarama-qarşi yölakka çiqib ketgani va töğrisidan kelayotgan maşina bilan YTH sodir etganini köriş mumkin.
Avvalroq Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida ikkita Nexia maşinasi özaro töqnaşgani va haydovçilardan biri halok bölgani xabar qilingandi.

















