Vazirlar Mahkamasining “Marğilon şahrida Şveytsariya tibbiyot va axborot texnologiyalari universitetini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Farğona viloyati hokimligining Marğilon şahrida Şveytsariya tibbiyot va axborot texnologiyalari universitetini (Swiss Medical and Information Technologies University) taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma’qullanadi.
Farğona viloyati hokimligi tomonidan universitet bino va inşootlarini quriş, rekonstruksiya qiliş, kapital ta’mirlaş, jihozlaş hamda internet orqali öqitiş tizimi moddiy-texnik ta’minoti amalga oşiriladi.
Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
universitetda Özbekiston oliy ta’lim dasturlari bilan birga dunyoning nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari oliy ta’lim dasturlarini joriy etiş;
- respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaş;
- xorijning ilğor oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almaşiş dasturlarini amalga oşiriş;
- öquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib boriş, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qiliş;
- ta’lim jarayoniga yetakçi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining malakali professor-öqituvçilari, olim va mutaxassislarini keng jalb qiliş;
- ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etiş;
- professor-öqituvçilar malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş, şu jumladan ularning stajirovkasini nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida taşkil etiş.
Belgilanişiça:
- universitet ta’lim jarayonini Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelişilgan holda xorijiy tajriba asosida işlab çiqilgan malaka talablari, öquv reja va fan dasturlari asosida amalga oşiradi;
- universitetda öqitiş Özbekistonda amalda mavjud ta’lim şakllari, özbek va ingliz tillarida grant hamda tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi;
- bakalavr, magistratura va doktorantura ta’lim darajalariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda universitet moddiy-texnik imkoniyatidan kelib çiqqan holda, universitet tomonidan Oliy ta’lim vazirligi bilan kelişilgan holda belgilanadi;












