Qöqon şahridagi «Hazrati Abbos» masjidi imom-xatibi Saidkamolxon domla Mahmudov turmuş örtoği va uç nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan xonadonida is gazidan zaharlaniş natijasida vafot etdi.
Ma’lum qilinişiça, Saidkamolxon domla 2014 yildan buyon Qöqon şahridagi «Hazrati Abbos» masjidi imom-xatibi vazifasida işlab kelgan. 21 mart kuni özi, turmuş örtoği va uç nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan xonadonida is gazidan zaharlanişi natijasida vafot etgan.
«Janoza namozi bugun, 21 mart kuni soat 20:30 da marhumning xonadoni (Qöqon şahar Muqimiy şaharçasi Sangzor köçasi)da öqiladi», – deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, hozirda ekspertiza ötkazilib, ölim sabablari aniqlanmoqda. Şuningdek, tergov harakatlari ham olib borilmoqda.
«Hududgazta’minot» matbuot xizmati xabar qilişiça, uşbu xonadonda gaz ta’minoti taşkiloti mutaxassislari örganiş işlari olib borgan. Örganişda avtomobil saqlaş joyida ikki konturli isitiş qozoni örnatilgani va uning tepasida yotoqxona joylaşgani qayd etilgan.
«Şu bilan birga, dudböronda nosozliklar aniqlangan, xususan, uning yaxlitligi buzilgan. Bu esa is gazi töplanişiga sabab bölişi mumkin bölgan.
Şu bilan birga 2022 yil 18 fevral kuni xonadondagi gaz uskunalari profilaktik körikdan ötkazilib, xonadonda yaşovçilarga yonğin xavfsizligi qoidalari böyiça tuşunçalar berilgan. Bu haqda maxsus kitobda qayd etilgani ma’lum qilindi», deyiladi xabarda.
Avvalroq Andijon viloyati Asaka tumani Çek mahalla fuqarolar yiğinida joylaşgan «Asaka zotli çorva» fermer xöjaligi binosida 3 kişining jasadi topilgani, taxminlarga köra, ular is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.










