9 Dekabr

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Samarqand xalqaro aeroporti 10 dekabrdan boshlab xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar uchun ochiladi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar bermoqda.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida profilaktika inspektorining mashinasini yoqib yuborgan shaxsga hukm o‘qilgan.

Samarqand viloyatida joylashgan “Yuqori nuqta” muntazam YPX maskanida Samarqand–Toshkent yo‘nalishida ketayotgan mashina to‘xtatilib tekshirilganda, yo‘lovchilar orasida qidiruvdagi shaxs borligi aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi xonadonlarning biridan noma'lum etiologik zaharlanish bilan vafot etgan fuqaro topilgan. Bu haqda tuman hokimining mazkur baxsiz hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazish haqidagi qarorida ma'lum qilingan.

Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona postida tegishli hujjatlari bo‘lmagan holda 15 tonna selitra ortilgan yuk mashinasi ushlangan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

8 Dekabr

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar XTB tomonidan direktorlarga maktablarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda viloyat prokurori yordamchilari ishtirok etgani haqida bayonnomalarni rasmiylashtirib kelish topshirig‘i berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.

7 Dekabr

Samarqand shahrida mehmonxona qurilishi uchun ruxsat olingan joyga tadbirkor tomonidan ko‘p qavatli uy qurilayotgani aniqlandi.

Samarqand shahri Sartepa massivida joylashgan savdo do‘koni yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

6 Dekabr

Past Darg‘omda tuman yo‘llardan foydalanish korxonasidan xususiy korxona foydasiga 748 million so‘m undirilgan.

SamDU matematika fakultetining kechki bo‘limida tahsil olayotgan bir guruh talabalar 2020-2021 o‘quv yilida yakuniy imtihonlardan o‘tolmagani sababli kursda qoldirilgan. Masala shundaki, talabalar imtihon baholari qo‘yiladigan maxsus muhrlangan qog‘oz bo‘yalgani va baholar o‘zgartirib qo‘yilgani haqida ma'lum qilishdi.

Samarqand tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda yonma-yon joylashgan uchta xonadonning tom va shift qismi hamda uy jihozlari yonib zararlangan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top