Talabalar imtihon natijalari şaffof emasligi, fakultet dekani örinbosari Şahzod Qurbonov imtihon jarayonida yolğiz özi qatnaşgani, imtihon natijalari öz vaqtida ma'lum qilinmagani kabi iddaolar bilan rektoratdan tortib, oliy ta'lim vazirigaça yozişgan.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Kun.uz’ga taqdim qilingan suratlarda baholar aks etgan vedomostning holati haqiqatan ham şubhali – baholar yonida dastlab yozuv bölib, keyin öçirilgandek tasavvur uyğonadi. Holat böyiça Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti dekani Haydar Rözimurodovdan izoh oldik.

Fakultet dekani vaziyatdan xabardorligi va talabalarning e'tirozidan söng şaxsan özi holatni örganib çiqqanini bildirdi.

Foto: Kun.uz

“2020-2021 öquv yilida keçki bölimda tahsil olayotgan 3-kurs talabalarining 25 nafari kursdan kursga qoldirildi. Şundan sakkiz nafari tört va undan köp fanlardan qarzdorlikka ega. Talabalarni kursda qoldirişga asos bölgan hujjat oliy ta'lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi “Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qiliş va baholaş tizimi töğrisidagi nizom” hisoblanadi. Qolgan 17 nafar talaba törttadan kam qarzdorlikka ega bölgan va ularga nizomda körsatilgan muddat berildi. Ular ikki martadan imtihon topşirişdi. Ammo qoniqarsiz baho olişgani uçun 2021 yilning 30 oktyabrida rektorga bildirişnoma berdim va rektor buyruği bilan kursdan qoldirildi.

Talabalarning yozma işlaridagi baholar asosiy baho hisoblanib, öşa natija talabalarning baholarini qayd etiş qaydnomasiga köçiriladi. Demoqçimanki, imtihon natijasi özgartirilgan degan gaplar asossiz. Çunki şaxsan özim yozma iş va vedomostga qöyilgan baholarni soliştirib çiqib, ularning töğri qöyilganiga işonç hosil qildim”, dedi Rözimurodov.

Dekanning qöşimça qilişiça, talabalarga baholar ma'lum qilingaç, ayrimlar olgan natijasiga e'tiroz bildirmagan. Ammo “yiqilgan” talabalarning ba'zilari imtihon natijalaridan qoniqmayotganini bildirib, bir neça joyga murojaat qilişgan.