Samarqand viloyati Urgut şahrida istiqomat qilib kelgan Ş.Ş. ismli şaxs telegramdagi guruhda qoldirgan videoxabarida ğösliklarning şa'niga tegadigan gaplar bilan haqorat qilişi katta mojaroga sabab böldi.
Voqea guvohlarining Kun.uz’ga xabar berişiça, şundan söng Ş.Ş.ning uyiga Ğös mahallasida yaşovçi yuzlab odamlar yiğilib kelgan va «samosud» qilmoqçi bölişgan. Ammo özlarini haqoratlagan şaxsni uyidan topa olişmagan.

Ş.Ş.ni izlab borgan va yiğilgan odamlarni tarqatişga huquq-tartibot idoralari vakillari jalb etilgan.
Tahririyat ixtiyoriga kelib tuşgan videolarda Urgutdagi oziq-ovqat dökoni oldiga yiğilgan yuzlab odamlar tartibga çaqirilayotgani aks etgan. Şuningdek, Ş.Ş.ning ğösliklar şa'niga qarata aytgan qöpol sözlari, öşa vaqtda u mast holatda bölgani, keyinçalik keçirim söragani aks etgan murojaati ham bor.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati holat böyiça rasmiy ma'lumot berdi.
«Joriy yilning 21 iyul kuni Urgut tumani «Döstlik» mahallasida yaşovçi 1989 yilda tuğilgan fuqaro Ş.Ş. Telegram ijtimoiy tarmoğidagi guruhda guruh a'zolarini haqoratlagan videomurojaatini joylaştirib, fuqarolarning şa'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.
Haqoratli videoni körgan guruhdagi ayrim fuqarolar Ş.Ş. keçirim söraşini talab qilib, uning yaşaş xonadoniga borişgan.
Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, fuqaro Ş.Ş.ga nisbatan «qamoq» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ş.Ş.ning yaşaş manziliga kelib, janjal kötargan barça fuqarolarning şaxsiga aniqlik kiritilgan. Jamoat tartibini buzgan har bir fuqaroning harakatlariga ham qonuniy tartibda baho beriladi.
Şu örinda özboşimçalik bilan, qonunda belgilanmagan tartibda boşqa bir fuqaroni «samosud» qiliş yoki şu kabi harakatlarga uriniş jinoiy javobgarlikni keltirib çiqarişini eslatib ötamiz», deyiladi viloyat IIB xabarida.


















