Özi nimalar böldi?
4 iyul kuni nemislarning Bild naşrida «şoşilinç» belgisi ostida şunday xabar çiqarildi: Turkiya milliy jamoasi himoyaçisi Merih Demiral UYeFA tomonidan Yevro-2024ning ikki öyiniga diskvalifikatsiya qilindi. 26 yoşli futbolçiga bu jazo 1/8 finalda Avstriyaga qarşi keçgan (2:1), Demiral dubl qayd etgan öyin yakunida muxlislarga körsatilgan siyosiy jyest tufayli berilgan.
Bild şunday izohladi: «UYeFA jiddiy. Albaniyalik hujumçi Mirlind Daku ham ikki öyinga diskvalifikatsiya qilingandi. Guruh bosqiçi ikkinçi turidagi Xorvatiyaga qarşi öyindan keyin (2:2) hujumçi öz jamoasi muxlislarini milliy qöşiq sözlari bilan gijgijlagandi — va özi ham kuylagandi. UYeFA bu harakat uçun uni jazolaşga qaror qildi».
Demiral faşistik harakat qilişda gumonlanmoqda — u golni nişonlaşda körsatkiç va kiçik barmoqlarini yuqoriga kötargan holda böri salomini körsatgan. Öyindan keyin himoyaçining özi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga uşbu holat suratini joylaştirgan. Surat ostiga şunday sözlar ilova qilingan: «Özini turk deya oladigan odam naqadar baxtiyor!» Bu ibora Turkiya Respublikasining birinçi prezidenti va zamonaviy davlat asosçisi Mustafo Kamol Otaturkka tegişli. Bu sözlar turk millatçilarining norasmiy şiori sanaladi.
Naşr xabarida Angliya milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Jud Bellinghem diskvalifikatsiyadan qutulib qolgani, ammo u ham 1/8 finalda Slovakiyaga qarşi öyindagi (2:1) jyesti uçun kamida 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortilişi aytilgan. Öşa öyinda «Real» havbeki sönggi daqiqalarda hisobni tenglaştiruvçi golini nişonlayotganida tribunalarga qöli bilan bel sohasini körsatgandi. Bellinghem buni stadionda bölgan döstlariga qilingan hazil deb izohlagan.
Katta ehtimol bilan, uning harakatida siyosiy mazmun yöqligi uçun ham yengilroq jazo berilgan.

Bu ma’lumotga işoniş mumkinmi?
Bild — nemislar tabloidi bölib, doim ham işonçli xabarlar tarqatmaydi. Turkiyadagilar ham şunday fikrda. Anadolu Ajans agentligi futbol federatsiyasidagi rasmiyga tayangan holda şunday bayonotni e’lon qilgan: «Bild naşrida «Merih Demiral UYeFA tomonidan ikki öyinga diskvalifikatsiya qilinadi» sarlavhasi ostida tarqatilgan xabar haqiqatga mos kelmaydi. Bizda futbolçini himoya qiliş uçun asoslar taqdim etişga vaqt berilgan».










