Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joriy yil olti oyda Samarqand viloyatida 507 ta yong‘in sodir bo‘ldi
Joriy yil olti oy davomida Samarqand viloyatida 507 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Axrorov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2021 yil o‘tgan olti oy mobaynida Samarqand viloyati hududida 507 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 8 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Yana 20 nafar fuqaro turli darajalarda tan jarohatlari olgan.
Ta'kidlanishicha, joylarda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzayotgan 979 nafar rahbar, javobgar shaxslar va fuqarolar 227 million 342 ming 500 so‘m miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, zudlik bilan bartaraf etilmasligi yong‘in sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan 386 ta korxona, bino va inshootlarning ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. 7 609 ta elektr uskuna, moslama va agregatlardan foydalanish taqiqlangan.
Viloyatda yong‘in xavfsizligini ta'minlash borasidagi mavjud muammo, kamchiliklar yuzasidan hokimliklarga 252 ta va yuqori tashkilotlarga 518 ta axborotnoma, ma'lumotnoma va taqdimnomalar kiritilgan.
Mavzuga oid

12:45 / 25.07.2025
“Surxondaryoning “o‘pkasi” yonib ketyapti” – Sheroboddagi yong‘in davom etayotgani ma’lum bo‘ldi

21:48 / 24.07.2025
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi

10:38 / 24.07.2025
Surxondaryodagi qo‘riqxonada ro‘y bergan yirik yong‘in 8 soatda o‘chirildi

23:11 / 23.07.2025