Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahar XTB tomonidan direktorlarga maktablarda ötkazilgan yiğilişlarda viloyat prokurori yordamçilari iştirok etgani haqida bayonnomalarni rasmiylaştirib keliş topşiriği berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga köra, Samarqand şahar XTB mutasaddisi tomonidan direktorlarga maktablarda ötkazilgan yiğilişlarda «viloyat prokurorining yordamçilari Xurşid Musurmonov va  Mukarram Hamroyeva iştirok etdi» degan mazmunda bayonnoma yozib beriş talabi qöyilgan. Bu topşiriq viloyat prokuraturasi tomonidan söralayotgani aytilgan.

«Hamma bugun soat 14:30gaça 2021 yil yanvar-noyabr oyigaça bittadan korrupsiyaning oldini oliş, suitsid, erta tuğuruq, jinoyatlarning oldini oliş böyiça yiğiliş bayonnomasini yozib kelsin. Kimdir yanvarga, kimdir martga, farqi yöq. Bayonnomaga profilaktik inspektor örniga «viloyat prokurorining örinbosari Xurşid Musurmonov va viloyat prokurorining yordamçisi Mukarram Hamroyeva iştirok etdi» deb qöyib bersin. Sizlardan iltimos, soat 15:30gaça yetkazing. Viloyat prokuraturasi 15:00gaça topşiring dedi. Eskisini ögirasiz. Faqat iştirokçining familiyasi özgaradi. 5 daqiqa ham ketmaydi», deyiladi.

Qayd etilişiça, mazkur xabar yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan örganiş işlari boşlangan. Örganiş natijasi böyiça qöşimça xabar beriladi.