AOKAda ötkazilgan brifingda Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinov Boş prokurorning aholiga yöllagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oşirilgan işlar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, aholi bandligi, yangi iş örinlarini yaratişga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan nazorat kuçaytirildi. Ötkazilgan örganişlarda 31 087 ta yangi iş örinlari hisobotlarga qöşib yozilganligi aniqlanib, aybdor şaxslar tegişli javobgarlikka tortilgan.

Şuningdek, 274 nafar işçi - xizmatçining keçiktirilgan 966 mln söm iş haqlari undirib berilgan. Prokurorlar taşabbusi bilan 311 marotaba mehnat yarmarkasi ötkazilib, ularda 4 312 nafar işsiz fuqaro işga joylaştirilgan. Iş haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd sömi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, 34 ta jinoyat işi qözğatilgan.

Bundan taşqari, quriliş sifati va mablağlardan maqsadli foydalanişga alohida e’tibor qaratilib, 26,6 mlrd sömlik sifatsiz işlar va 44,5 mlrd sömlik qöşib yoziş holatlari joyida  bartaraf  etilgan. Olib borilgan nazorat tadbirlarida 32 ta jinoyat işi qözğatilib, davlatga yetkazilgan 17,6  mlrd söm zarar undirilgan.

Hayot Şamsuddinov huquqbuzarliklar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş  borasidagi  tadbirlar  tizimli  ravişda  davom  ettirilayotganini ham qayd etgan. Unga köra, körilgan çoralar natijasida respublikadagi mahallalarning 5 763 tasi yoki 61 foizida jinoyat qayd etilmagan. 2 947 tasi yoki 31,2 foizida jinoyatçilik barqaror saqlanib qolinişiga va  kamayişiga  erişilgan. Tezkor - qidiruv sohasida nazorat kuçaytirilib, noaniq şaroitlarda sodir etilgan 6 880 ta jinoyat foş etilgan hamda qidiruvda bölgan 3 324 nafar şaxsning uşlanişi ta’minlangan.