Toşkent şahrining Yunusobod tumanida Spark maşinasi piyodalarni urib yubordi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, YTH 4 iyul kuni soat 22:30larda Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamiş köçasida sodir bölgan. 1995 yilda tuğilgan haydovçi B.X. Spark maşinasini boşqarib ketayotib, ikki piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyodalar tan jarohat olib, şifoxonaga murojaat qilişgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilayotgani hamda qöşimça ma’lumot berilişi ma’lum qilindi.

Avvalroq Toşkentda yuk maşinasi boğça bolasini urib yuborgan va buning oqibatida 3 yoşli bola olgan tan jarohatlari sabab vafot etgandi.