22 Noyabr

Termiz shahrida talonchilik qilgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

20 Noyabr

Surxondaryo viloyati Denov tumanida marixuana giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlangan.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida bir necha kishining pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

19 Noyabr

Surxondaryo viloyati Angor tumanida sodir bo‘lgan YTHda mast holda yurgan piyoda vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida joylashgan «Saidjon Muxammadjon muzqaymoqlari» MChJ sut mahsulotlari va muzqaymoq ishlab chiqarish zavodining oqova suvlarini yillar davomida daryoga oqizib kelgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat ekologiya boshqarmasi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida fuqarolarning omonatga qo‘ygan mablag‘ini o‘zlashtirgan sobiq bank bo‘lim boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tomorqasini sotishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

18 Noyabr

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida hokimlik zaxirasida bo‘lgan 10 sotix yerni o‘ziga tegishli ekanini bildirib, uni rasmiylashtirib berishini aytib fuqaroga 3300 dollarga sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida davlat raqamini yashirib tez harakatlangan Spark mashinasi Cobalt bilan to‘qnashgan. Oqibatda Spark haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

17 Noyabr

Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaroning Captiva mashinasini firibgarlik bilan sotib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

15 Noyabr

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ikkita tuman hokimiga intizomiy jazo qo‘llagan.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Labo mashinasini olib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko`proq yangiliklar
Top