«Taşabbusli budjet» jarayonining 2024 yilgi II mavsumiga 6 iyuldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bunda:

  • Loyihalar kiritiş: 6 − 26 iyul;
  • Loyihalarni saralaş: 26 iyul – 15 avgust;
  • Tarğibot qiliş: 15 avgust – 22 avgust;
  • Ovoz beriş: 22 avgust – 1 sentabr sanalari davomida ötkaziladi.

Uşbu mavsum uçun tuman va şahar budjetlari hisobidan 2 trln sömdan ortiq mablağ yönaltiriladi.

Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln sömni taşkil etadi.

Ma’lumot uçun, «Taşabbusli budjet»ning 2024 yil birinçi mavsumiga 3,39 trln sömdan ortiq mablağ yönaltirilgandi.