9 yoşli bola tomonidan sun’iy intellektning tayyor tizimlari asosida işlovçi bot yaratildi. Bu haqda bloger Nikita Makarenko ma’lum qildi.
@GENT_GPT_UZ_bot deb nomlangan bot sun’iy intellektning tayyor tizimlaridan ma’lumotlar olişga asoslangan. U foydalanuvçi bilan suhbatlaşişi hamda savollarga javob berişi mumkin.
Botdan foydalanib körgan faollar u hali mukammal emasligini, ammo 9 yoşli bola uçun katta natija ekanligini yozişmoqda. Jumladan, huquqşunos bloger Xuşnud Xudoyberdiyev botdan foydalanib körgani haqida yozdi.
Bot uning imtihon oldidan hayajonlanmaslik uçun nimalar qiliş kerakligi haqidagi savoliga bir neçta yaxşi maslahatlar bergan.
“Lekin bot hozirça ayni kunlardagi yangiliklarni örganişi kerak ekan. Masalan, test qaçon boşlanadi degan savolimga, “bilmayman, vazirlik saytini kuzating” deya javob berdi. Xuddi şu savolga ChatGPT töğri javob berdi. Lekin ChatGPT ham ijodiy imtihon kunlarini bilmas ekan”, deb yozgan bloger.
Kun.uz muxbiri ham botdan foydalanib kördi. U issiqdan saqlaniş uçun nimalarga e’tibor qaratiş kerakligi haqidagi savolga bir neçta tavsiyalarni berdi. Javobda köproq suv içiş, yoğli va şirin ovqatlardan saqlaniş, yengil kiyim kiyiş, köp harakat qilmaslik, soyada böliş va issiq havoga çiqişdan oldin salqin duş qabul qiliş kabi tavsiyalar bor.
Ammo bot bugun Toşkentda qanday ob-havo kuzatilişi yoki Germaniyada ötkazilayotgan futbol böyiça Yevropa çempionatining yarim final bahslari qaçon bölişi va unda qaysi jamolar öynaşi haqidagi savollarga javob bera olmadi.
Mavjud kamçiliklar tuzatilib, yanada mukammallaştirilsa, mazkur bot foydalanuvçilar uçun yaxşi imkoniyatga aylanişi mumkin.











