Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz şahrida joylaşgan «Saidjon Muxammadjon muzqaymoqlari» MÇJ sut mahsulotlari va muzqaymoq işlab çiqariş zavodining oqova suvlarini yillar davomida daryoga oqizib kelgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat ekologiya boşqarmasi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan boşqarma boşliğining 2021 yil 15 noyabrdagi 353-sonli buyruğiga asosan «Saidjon Muxammadjon muzqaymoqlari» MÇJda ekologik tekşiriş ötkazilgan.
Tekşiriş davomida aniqlangan salbiy holatlar böyiça tegişli ta'sir çoralari körilib, uşbu holatlarni bartaraf etiş böyiça korxona rahbariga muddatli majburiy körsatmalar berilgan. Şuningdek, korxona faoliyati davomida hosil bölgan oqova suv namunalarining kimyoviy tahlil natijalariga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 apreldagi 202-sonli qaroriga asosan, korxonaga qöşimça kompensatsiya tölovlari hisob- kitob qilingan.
Surxondaryoda yuqumli kasalliklar şifoxonasida çiqindilarni joylaştiriş tartibi buzilgani aniqlandi
Özbekistonda eng köp toksik çiqindilar qaysi hududlarda hosil bölayotgani ma'lum qilindi

















