16 Aprel

Beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Hokim o‘rinbosari Baxtiyor Soatovning talabi bo‘yicha o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zlaridan tashqari yana bittadan qarindoshini ham kanallarga a’zo qilishi kerak. “Buni har soatda shaxsan tuman hokimining o‘zi kuzatib boradi”. 

15 Aprel

“Harbiy Savdo-Chirchiq”da 15,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

12 Aprel

Toshkent viloyatining Qibray tumanida «Isuzu» va «Lasetti» o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

11 Aprel

Toshkent viloyatida psixotrop modda sotayotgan shaxs tezkor tadbir davomida ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

9 Aprel

Tuman hokimi sog‘ligi yomonlashgani uchun vazifasidan ozod qilingan.

Parkentning Yangi Sanganak mahallasida yashovchi fuqaro Imomali Boymaqov hovlisida issiqxona qurayotganda mis tangalar solingan sopol ko‘za topib olgan. Tangalar temuriy shahzoda Boysung‘ir Mirzo hukmronligida Samarqand, shuningdek, Buxoro va Toshkentda ham zarb qilingan.

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini takomillashtirish hamda tibbiyot klasterlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Bo‘stonliqda 5 gektar bo‘sh yer maydonining 1 mln AQSh dollariga sotilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

8 Aprel

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Chinoz tumanidagi tijorat banklaridan birining xodimi sodir etgan noqonuniy faoliyat fosh etildi.

7 Aprel

2017 yilda Zangiota tumanida 6 million dollarlik mebel ishlab chiqarish fabrikasini qurgan tadbirkor 3 yildan buyon sudlarda sarson bo‘lmoqda. Hukumat qarori asosida yer olib ish boshlagan «IDOL MEBEL» MChJ yerlarini Zangiota tuman hokimi boshqalarga «bo‘lib bergan». Ayni vaqtda ish Oliy sudda ko‘rilyapti.

4 Aprel

U soxta ma’lumotlar asosida noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazib, qalbaki hujjatlarga asosan kadastr hujjatlarini tayyorlab berganligi aniqlangan. Bu haqda prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top