2022 yil 5 aprel kuni soat 11:30 larda Toşkent viloyati IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi Toğli çegara tezkor xizmat bölimi va Böstonliq tumani IIB Jinoyat qidiruv bölimi xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbiri ötkazilgan.
Tadbir davomida, 30 yoşli M.J. va 23 yoşli M.T. Böstonliq tumani Çorboğ qörğonida joylaşgan “Boçka” kafesi ovqatlaniş şoxobçasining avtoturargohida tadbirga şartli ravişda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 800 ming söm pul evaziga “Sol” Alfa-PVP moddasini sotgan vaqtida tezkor-tadbir iştirokçilari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Sud-kimyoviy ekspertizasi xulosasida, tezkor-tadbir davomida şartli ravişda xaridor sifatida jalb qilingan fuqarodan olingan sariq rangli rezina qopçada bölgan oğzi mahkamlanadigan polimer paketça içidagi oq-sariq rangli yaltiroq kristall-kukunsimon modda tarkibida alfa-pirrolidinovalerofenon (a-RVR) moddasi mavjud bölib, uning sof oğirligi 0,101764 grammni taşkil etişi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Böstonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan yuqoridagi şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “b” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib köp bölmagan miqdorda qonunga xilof ravişda sotiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, ular protsessual tartibda uşlangan.
Qayd etilişiça, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat kodeksiga köra, bu turdagi jinoyatlar uçun 7 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.












