21 Mart

Tarmoqlarda Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari Sergelida soatiga 170−180 km tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Haydovchilar bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazilgan.

20 Mart

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

19 Mart

Mutasaddilar bilan mahallalarga iqtisodiy kompleks tashkilotlarini biriktiradigan tizim muhokama qilindi.

Toshkent shahar hokimligi Navro‘z bayrami munosabati bilan qaysi hududlarda sayillar tashkil etilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

15 Mart

Joriy yil 11 mart kuni Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida ta’lim muassasalarini qo‘riqlashning yangi tizimi doirasida o‘quvchi va o‘qituvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktablarda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan pichoq olib yurish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlangan.

14 Mart

Ahmad Donish ko‘chasidagi ko‘prikda Kinglong mikroavtobusi, Lacetti va 3 ta Cobalt to‘qnashuvi oqibatida 3 nafar haydovchi jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumani yerlarining bir qismi Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani tarkibiga qo‘shildi. 

U aeroportning Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash nazoratchilar bo‘linmasiga nazoratchi sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga fuqarodan 2 ming AQSh dollari talab qilgan. Sud hukmi bilan nazoratchiga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

13 Mart

Firibgarlikda gumon qilinayotgan fuqaro 75 mln so‘mni olayotganida qo‘lga tushdi. 

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bu yerdagi jami 568 ta xonadondan iborat 42 ta ikki qavatli uy buzilib, o‘rniga xitoylik investorlar tomonidan ko‘p qavatli uylar quriladi. Loyihaga 360 mln dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritilishi, budjet mablag‘lari sarflanmasligi ma’lum qilindi.

12 Mart

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ayrim mahallalarda 13 mart kuni elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

Ko`proq yangiliklar
Top