3 aprel kuni Şavkat Umurzoqov Toşkent şahri hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi yiğilişda ma’lum qilingan.
Sessiyada taşkiliy masala körib çiqilgan. Prezident Toşkent şahri hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Şavkat Böronoviç Umurzoqov nomzodini tavsiya etgan.
Şahar hokimini tayinlaş masalasi ovozga qöyilgan. Ovoz beriş natijalariga köra, Şavkat Umurzoqov Toşkent şahri hokimi etib tasdiqlangan.
Davlat rahbari xalq vakillari bildirgan bu yuksak işonç yangi hokimdan katta mas’uliyat, tinimsiz mehnat va fidoyilikni talab qilişini ta’kidladi.
Yangi hokim öz örinbosarlari, tuman hokimlari, sektor va bank rahbarlari, «mahalla yettiligi» bilan poytaxt aholisi uçun munosib şaroit yaratiş, investitsiya olib kelib, yangi-yangi yuqori daromadli iş örinlarini köpaytiriş, şaharni yanada obod qiliş, bir söz bilan aytganda, odamlar rozi bölişi uçun yangiça yondaşuv asosida katta marralarni olib, qattiq işlaşi kerakligi körsatib ötilgan.

Şavkat Umurzoqov 1979 yilda tuğilgan, muqaddam prokuratura tizimida işlagan, 2011 yil iyunidan 2013 yil sentabriga qadar Toşkent viloyati prokuraturasining iqtisodiy jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi boşliği bölgan, 2013–2018 yillarda Özbekiston boş prokuraturasida Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
2018 yil iyunidan 2023 yil martiga qadar «Özavtosanoat» AJ raisi bölib işlagan.
2018 yil aprelidan Toşkent şahriga hokimlik qilgan Jahongir Ortiqxöjayev 2023 yil yanvarida işdan böşatilgaç, bir muddat şahar hokimining birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonov Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi bölib turgandi, 2023 yil martida esa Şavkat Umurzoqov poytaxt hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida iş boşlagandi.













