Şayxontohur tumani “Olim Xöjayev” MFY (Oqtepa dahasi)da joylaşgan 2 qavatli uylar buzilib, örniga xitoylik investorlar tomonidan köp qavatli turar joylar qurilişi kutilmoqda. Bu haqda “Özbekiston24” telakanalida xabar berildi. Xabarda investorlar nomi oçiqlanmagan.

Ma’lum qilinişiça, Oqtepadagi uşbu 42 ta uy 1960-yillarda qurilgan bölib, 568 ta xonadondan iborat. Renovatsiya dasturi doirasida bu uylar örniga 3 200 ta xonadonli uy-joylar quriş reja qilinmoqda.

Loyiha Xitoy investorlariga topşirilgan. Davlat budjeti yoki bank mablağlari sarflanmasligi, 360 mln dollar miqdorda töğridan töğri xorijiy investitsiyalar jalb qilinişi közda tutilgan.

Olim Xöjayev mahallasidagi 2 qavatli uylar renovatsiya dasturiga tuşişi haqida 2021 yil noyabr oyida mahallaga taşrifi vaqtida prezident Şavkat Mirziyoyev ma’lum qilgan edi.

Davlat rahbari 2018 yilda parlamentga murojaatida yirik megapolislarning tajribasi örganilib, renovatsiya dasturi bosqiçma-bosqiç joriy etilişini e’lon qilgan. Bunda foydalaniş muddati tugab, eskirib qolgan köp qavatli uylar örnida zamonaviy şaroitga ega yangi uylar qurilişi kerakligi ta’kidlangan.

2020 yilda renovatsiya dasturi loyihasi muhokamaga çiqarilgan, loyiha doirasida 2021-2023 yillarda respublika böyiça avariya holatidagi 192 ta köp qavatli uylar örnida yangi uy-joylar quriş közda tutilgandi.

2024 yil fevral oyida Toşkent şahar hokimi v.b. Şavkat Umrzoqov poytaxtda 500 gektar hududdagi binolar renovatsiya qilinişi kerakligini aytgandi. U bunday binolar qatoriga 2 qavatli eski uylar va Sergeli tumanidagi ayrim turar joylar ham kirişini qayd etgandi.

Hokimning sözlariga javoban “Milliy tiklaniş” partiyasi “Renovatsiya töğrisida”gi qonunni qabul qilmay turib bu dasturni amalga oşirmaslik kerakligi, aks holda bir neça yil oldin röy bergan “snos”lar vaqtidagi kabi salbiy holatlar boşlanib ketişi mumkinligini