Jamiyat | 19:38 / 23.06.2017
30797
5 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi nufuzli kasb-hunar kollejlari yangi  o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabul qiladi

Andijon viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi kollejlar 2017-2018 o‘quv yili uchun umumiy ta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini qabul qiladi. Ushbu ilm dargohlarida yoshlarning har tomonlama yetuk bilim va ta'lim-tarbiya olishlari, hunar egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.  

OLTINKO‘L AGROIQTISODIYoT KASB-HUNAR KOLLeJI

Zamonaviy ko‘rinishdagi kollej binosida yoshlarning 5 turdagi hunar egasi bo‘lishlari uchun o‘quv ustaxonalari, o‘quv xonalari, lingafon, kompyuter xonalari, to‘liq jihozlangan fizika va kimyo laboratoriyalari mavjud.

Ta'lim dargohida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

1. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi texnik-mexanigi;
2. Avtomobillarni ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik;
3. Qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnik-texnologi;
4. Tikuv va tikuv-trikotaj buyumlari ishlab chiqarish texnologi;
5. Kompyuter injiniringi texnigi.

Otabek Xo‘jamov boshchilik qilayotgan 45 nafardan ziyod tajribali pedagoglar ta'lim va tarbiya berayotgan mazkur muassasada o‘quvchilarni yetuk bilim va hunar egasi bo‘lib yetishishlari uchun to‘kis sharoitlar bor.

Manzil: Andijon viloyat, Oltinko‘l tumani, “Ijtimoyat” mahallasi. Tel: +99874 - 354-60-52 

 

ANDIJON TUMAN AXBOROT TeXNOLOGIYaLARI VA SeRVIS KASB-HUNAR KOLLeJI

Yurt taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha ilk bor o‘quvchilar qabul qilayotgan ta'lim muassasasida zamonaviy texnika vositalar bilan ta'minlangan o‘quv xonalari, 200 o‘rinli o‘quvchilar turar-joyi hamda 120 o‘rinli oshxona o‘quvchilar xizmatida. 

Kasb-hunar kolleji qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha birinchi marta qabul e'lon qiladi:

1. Kompyuter injiniringi texnigi;
2. Dasturiy injiniringi texnigi;
3. Tikuv va trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi;
4. Reklama bo‘yicha mutaxassis.

Zamonaviy kasb-hunar egallashni orzu qilgan yigit-qizlarga Mannobjon Turg‘unov boshchiligidagi 18 nafar o‘qituvchilar jamoasi ta'lim beradi. Bilim dargohi joriy o‘quv yilida 120 nafar talaba qabul qilishi ko‘zda tutilgan.

Manzil:  Andijon tumani, Kuyganyor shaharchasi, Usmon Yusupov ko‘chasi, 53- uy.  Tel: 373- 15-56, 373-11-46.

 

ANDIJON TRANSPORT VA XIZMAT KO‘RSATISh KASB-HUNAR KOLLeJI

Andijon shahridagi nufuzli bilim dargohlaridan biri bo‘lgan ta'lim muassasasida soha yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari hamda juda katta bilim resurslari jamlangan. 

Mehnat bozorida talabga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlovchi muassasa quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilar qabul qiladi:

1. Avtomobillarni ta'mirlash va texnik xizmat qo‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik;
2. Avtomatlashtirilgan tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatish va sozlash mexanigi;
3. Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi; 
4. Avtomobillarni yig‘ish va sinash bo‘yicha texnik-mexanik;
5. Tikuv va tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi;
6. Kompyuter injiniringi texnigi;
7. Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, sun'iy inshootlar qurilishi va aerodromlar bo‘yicha texnik;
8. Axborot-resurs markazi kutubxonachisi. 

O‘tkirbek Raxmanov rahbarlik qilayotgan ta'lim dargohida 85 nafar oliy ma'lumotli pedagoglar hamda 40 nafar ishlab chiqarish ustalari yoshlarga ta'lim va tarbiya berib kelmoqdalar.

Manzil: Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi 4-uy.  Tel: (374) 227 - 61- 92

                                

ANDIJON TUMAN IQTISODIYoT VA TRANSPORT KASB-HUNAR KOLLeJI

Mazkur ta'lim muassasasi 900 o‘rinli bo‘lib, maskanda 28 ta fan kabineti, 300 o‘rinli tadbirlar zali, 240 o‘rinli oshxona, jihozlangan trenajyor xonalari, yopiq sport maydonlari o‘quvchilar xizmatida.

Amaliy darslar o‘tash uchun bunyod etilgan o‘quv ustaxonasi zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan.

Ta'lim dargohida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

1. Avtomobillarni yig‘ish va sinash bo‘yicha texnik-mexanik;
2. Buxgalter;
3. Kompyuter injiniringi texnigi;
4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyachi;
5. Temir yo‘l sohasida mijozlarga servis xizmat ko‘rsatish texnigi;
6. Kinolog.

Tajribali pedagog Xondamir Halimov boshchilik qilayotgan jamoada 53 nafar o‘qituvchi, 10 nafar ishlab chiqarish ustasi yosh avlodga ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.  

Manzil: Andijon tumani, Xortum qishlog‘i, Islomobod ko‘chasi 64-uy.

Mavzuga oid

E`lonlar