Jamiyat | 18:00 / 28.10.2021
19437
3 daqiqa o‘qiladi

Google Play’dan 10 ming qadam uchun pul to‘laydigan dastur yo‘qolib qoldi

Google Play’dan 1hls dasturi yo‘qolib qoldi. Turizm va sport vazirligi vakili bir oyda 2 million qadam yurganlar ham aniqlangani shubhali ekanini bildirdi. Dasturga mas’ul tashkilot – Uzcard esa Google bilan muzokaralar borasida ma’lumot berdi.

Google Play’dan 1hls dasturi yo‘qolib qoldi. Biroq App store’da dastur hamon bor.

Kurbanoff telegram kanali

Vaziyat bo‘yicha oydinlik kiritish maqsadida Kun.uz Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati bosh mutaxassisi Otabek Eshmamatov bilan bog‘landi.

«Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bir oyda 2 million qadamdan oshiq yurganlar ham aniqlandi. Bu bir kunda 70-80 ming qadam yoki 40-50 km masofa degani. Kuzatishlarimiz bir oyda 2 million qadam yurganlar asosan kechki soat 12-1 dan tonggi soat 4 gacha dam olayotgani, 21 soat davomida yurayotganini ko‘rsatdi. Bunday bo‘lishi mumkin emasligini tushunib, bizda ham shubhalar paydo bo‘ldi.

Ilk g‘olibimizni aniqlaganimizda, Toshkent shahrida yashovchi foydalanuvchi 700 ming qadam yurgan edi. Bu kuniga 25-30 ming qadam degani. Albatta, bir kunda bir odam 25-30 ming qadam yurishi mumkin, lekin kuniga 70-80 ming qadam, oyiga natija 2 milliondan oshib ketishi juda ham shubhali. Taxmin va xulosalarimizni dasturning xavfsiz ishlashiga mas’ul bo‘lgan Uzcard’ga yozib yubordik. Google ham dastur ishonchliligi borasida tekshirish o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin», – dedi u.

Uzcard mas’ulining ma’lum qilishicha, o‘tgan haftaning juma kuni (22 oktyabr, 2021 yil) ilova Google Store’dan chiqarib yuborilgan.

«Google review qilyapti, ya’ni Google’ning o‘z siyosati bor, bilishimizcha, kompaniya ilovalarni tekshirib turadi. Hali ulardan xabar kelmadi. Bizning ilova davlat darajasidagi loyiha ekanligi va qachon javob olishimiz mumkinligi borasida so‘rov jo‘natdik. Ular so‘ragan ma’lumotlarni ham taqdim etdik.

Ilovaning o‘zini tekshirishga ham berib yubordik. Hozircha kutib turibmiz. Xabaringiz bo‘lsa, 1hls’ni avvalroq yuklab olgan foydalanuvchilarda dastur ishlayapti. Hozir Google Play’dan qaytadan yuklab olmoqchi bo‘lganlar yoki yangi foydalanuvchilargina uni yuklab ololmayapti. Ular [Google] bizga yozgan xatida pandemiya tufayli javob berish muddati cho‘zilishi mumkinligi ma’lum qilingan. Shu sababli ilova qachon Google’ga qaytishi borasida aniq muddatni ayta olmaymiz», – dedi Kun.uz bilan suhbatda bo‘lgan kompaniya mas’uli.

Sentabr oyida ham «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum qilingandi. Shundan keyin Turizm va sport vazirligi platforma ishlashda davom etayotganini bildirdi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 