«Sog‘lom turmush tarzi» platformasi orqali yutuqli o‘yinlar o‘tkaziladi

Foto: Kapital.uz
Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi orqali yutuqli o‘yinlar o‘tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari, kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining aholi o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi orqali har hafta yakuni bo‘yicha platforma foydalanuvchilari o‘rtasida quyidagi toifalardagi sovrinlarni nazarda tutuvchi yutuqli o‘yinlar o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi:
- 1-toifa — platforma foydalanuvchilari o‘rtasida velosiped (miqdori 1000 donagacha) mukofoti bilan taqdirlash;
- 2-toifa — platforma foydalanuvchilari o‘rtasida 100 mln so‘m (miqdori 1 dona) pul mukofoti bilan taqdirlash.
Belgilab qo‘yilishicha, 2022 yilning 1-15 yanvarigacha (15 yanvarni ham qo‘shgan holda) platforma orqali hisoblangan to‘lovlar Turizm va sport vazirligining davlat budjeti parametrlarida mazkur maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Platforma faoliyatini tashkil etish va uning doirasida yutuqli o‘yinlarni o‘tkazish maqsadida shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:
- Turizm va sport vazirligi – platformani aholi orasida yanada ommalashtirish, yutuqli o‘yinlar o‘tkazilishi, g‘oliblar aniqlanishi va sovrindorlarga taqdim etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, shuningdek o‘tkazilgan o‘yinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va oshkoraligi ta’minlanishiga;
- Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK – platforma doirasida yutuqli o‘yinlar tashkil etish va o‘tkazish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yutuqli o‘yin g‘oliblariga qimmatbaho sovrinlar xarid qilish hamda sovrindorlarga taqdim qilishga;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – platformani doimiy texnik qo‘llab-quvvatlash, saqlash va uni texnik takomillashtirib borish, yutuqli o‘yin g‘oliblarini aniqlash maqsadida tasodifiy sonlar generatori-elektron dasturni ishlab chiqish hamda “Call-markaz” faoliyatini tashkil qilishga;
- “Kiberxavfsizlik markazi” DUK – platformaning texnik va dasturiy vositalari axborot xavfsizligi talablariga mosligi yuzasidan sertifikatsiya ishlarini hamda texnik topshiriq va axborot tizimini ekspertizadan o‘tkazishni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirib borishga;
- Sog‘likni saqlash vazirligi – platformada foydalanuvchilar uchun taqdim etilayotgan taomlar kilokaloriyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘yin g‘oliblari haqiqatda ko‘rsatilgan masofani antropometrik ko‘rsatkichlariga mos kelishi va uning salomatligiga ijobiy ta’siri to‘g‘risida xulosalar hamda platformada aholini doimiy piyoda yurish natijasida ularning salomatligiga ijobiy ta’sirlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlarni ommaga taqdim qilib borishga mas’ul hisoblanadi.
Belgilanishicha, platforma 2022 yil 15 martdan test rejimda ishlaydi hamda 2022 yil 4 apreldan boshlab to‘liq ishga tushiriladi va har hafta yakuni bo‘yicha yutuqli o‘yinlar o‘tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

09:50 / 03.05.2025
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda

09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda

12:50 / 10.10.2024
Uzex Agro platformasi ishga tushirilmoqda

23:45 / 01.08.2024