Barchaning tiliga tushgan kapalaklar to‘dasi qayerdan kelib qoldi?

Oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlarida bir xil ko‘rinishdagi kapalaklar to‘dasi ko‘payib qoldi. Ko‘pchilik kapalaklarning bunaqa to‘da bo‘lib uchganini ko‘rmaganini aytmoqda. O‘quvchilar bu sinoatning nima bilan bog‘liq ekanini bilish uchun Kun.uz saytiga ham murojaat qilishdi.
Kapalaklar to‘dasi qayerdan kelib qolganini bilish uchun Kun.uz muxbiri Navoiy viloyati «Jonli tabiat bio-ekologik markazi» jamoat birlashmasi direktori I.Tog‘ayev bilan bog‘landi. Mutaxassis bu borada o‘z fikrlarini aytdi.
Ma'lum bo‘lishicha, odamlarning e'tiborini tortayotgan bu to‘da chaqamig‘, ya'ni qushqo‘nmas kapalagi ekan. Uni repeynitsa ham deyishadi. Bunday turdagi kapalaklarning qurtlari har xil murakkabguldoshlar - chaqamig‘, karrak, qichitqio‘t kabilarga yopishib, rivojlanadi. G‘umbaklari bahorgacha shu o‘simliklar tanasida yopishib qoladi.
Bunday kapalak O‘zbekiston sharoitida 5 martagacha nasl beradi. Dunyoda keng tarqalgan bu kapalak o‘tloqlar, o‘rmonlar, vodiylarda, past tog‘liklar va sug‘oriladigan yerlarda uchraydi.
«Katta ehtimol bilan bu yil O‘zbekistonda bunday kapalaklar ko‘payib ketishining asosiy sababi bahorning namgarchilikka boy bo‘lgani. Namgarchilik yuqori bo‘lgani sabab qishdan chiqqan barcha g‘umbaklar ochib chiqqan va ular nektar, shiraga boy o‘simliklarni izlab, to‘da-to‘da bo‘lib uchishmoqda.
Bu turdagi kapalaklar uzoq joylarga migratsiya qilish xususiyatiga ham ega. Shu bois ular O‘zbekistonda namlikning yaxshi bo‘lgani sabab Rossiya janubi yoki Qozog‘istondan kelib qolgan bo‘lishi ham mumkin»,- deydi mutaxassis Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotida.
Tavsiya etamiz
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:59 / 28.02.2025
«Tramp Putindek fikrlamoqda»: liberal jahon tartibi tugadimi?
Jahon | 12:08 / 28.02.2025
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi
O‘zbekiston | 10:53 / 28.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Londonda Starmer va Zelenskiy muzokaralari yakunlandi
Jahon | 01:46
-
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
-
Bill Geyts kelgusi avlodlar duch keladigan 4 ta asosiy muammoni sanadi
Jahon | 23:19 / 01.03.2025
-
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
Mavzuga oid

23:46 / 13.09.2024
Shri-Lankada kapalak o‘g‘rilari 200 ming dollar jarimaga tortildi

15:10 / 03.06.2019
Ekspert: O‘zbekistonda ko‘payib ketgan kapalaklar qishloq xo‘jalik mahsulotlariga xavfli emas

16:54 / 16.03.2019
Milliard dona kapalak Yerdagi bir joyda to‘plangan: Meksikadagi monarx kapalaklari qo‘riqxonasi

13:56 / 18.01.2017