Ikkita VAZ-2106 modelidan dunyodagi eng keng “Jiguli” hosil qilindi (video)
Rossiyalik blogerlar va YouTube’dagi “Garaj 54” kanali mualliflari o‘zlarining eng noodatiy loyihalaridan birini taqdim qilishdi. Ular ikkita VAZ-2106 “Jiguli” mashinasini yon qismi bilan bir-biriga payvandlab, eni 3 metrdan oshuvchi 2 ta rulli mashinani hosil qilishdi.
E'tiborlisi, ushbu antiqa mashinani bamaylixotir boshqarish va hattoki unda drift amalga oshirish ham mumkin.
Loyiha mualliflari hosil bo‘lgan “qo‘shaloq” mashinaning eni qancha metrni tashkil qilishiga aniqlik kiritishmagan. Biroq standart VAZ-2106 modelining eni 1611 millimetrni tashkil qilishi hisobga olinsa, hosil bo‘lgan mashina eni 3,2 metrdan kattaroqni tashkil qiladi.
Ushbu antiqa mashina namoyish qilingan videoda transport vositasi rullari ortida bittadan haydovchi o‘tirganini ko‘rish mumkin. Ehtimol, bunga avtomobilni faqat 2 kishi birgalikda boshqara olishi sabab bo‘lishi mumkin. Mashina beso‘naqay bo‘lishiga qaramay, haydovchilar unda nafaqat sayr qilishga, balki drift amalga oshirishga ham muvaffaq bo‘lishgan.
Ushbu mashina blogerlar uchun birinchi bunday noodatiy loyiha emas. Sentyabr boshida ular VAZ-2106 negizida qurilgan 14 g‘ildirakli “Jiguli”ni taqdim qilishgan.
Tavsiya etamiz
Trampdan Putinga navbatdagi «sovg‘a»: AQSh prezidenti Zelenskiy saylovda yengilishiga ishora qildi
Jahon | 23:06 / 19.02.2025
Muzokarami yoki gurung: AQSh va Rossiya bosh diplomatlari uchrashuvi haqida
Jahon | 20:38 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
“Gaz eksportida iqtisodiy mantiq bo‘lishi kerak” - Shuhrat Rasul
O‘zbekiston | 14:55 / 19.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Klichko: Saylovlar hozir - Ukraina uchun zahar
Jahon | 10:11
-
Yo‘l harakati qoidalarida ayrim holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
O‘zbekiston | 10:04
-
Farg‘onada Nexia-3 poyezd tagida qolib ketdi
O‘zbekiston | 09:56
-
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston | 09:52
Mavzuga oid

14:40 / 10.10.2024
Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi

13:37 / 01.10.2024
Toshkent viloyatida “Jiguli” yonib ketdi

10:13 / 14.01.2024
Toshkent viloyatidagi metan zapravkada «Jiguli»da yong‘in chiqdi

08:06 / 04.06.2023