Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi metan zapravkada «Jiguli»da yong‘in chiqdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Viloyat IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in 13 yanvar kuni soat taxminan 22:00 larda O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro G.K. ga tegishli bo‘lgan «Vaz2107» rusumli transport vositasiga gaz quyish vaqtida kelib chiqqan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Natijada avtomobil qisman yongan. Ushbu yong‘in natijasida fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.