Ijtimoiy tarmoqlarda 19 fevral kuni keçki payt Farğona viloyatida yuz bergan baxtsiz hodisa muhokamalarga sabab bölmoqda. "Özbekiston temiryöllari" holat böyiça rasmiy ma’lumot berdi.

19 fevral kuni taxminan soat 22:30 da Oxunboboyev va Marğilon bekatlari oraliğida Nexia-3 rusumli yengil avtomobil harakatlanib kelayotgan poyezd tagida qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, haydovçi yöl harakati qoidalarini buzib, poyezdni «ilon izi» usulida aylanib ötişga uringan.

Hodisa sodir bölgan joyga transportda xavfsizlikni ta’minlaş xizmati xodimlari va temiryöl mutaxassislari darhol yetib kelişgan va voqea tafsilotlarini közdan keçirişgan. Yengil avtomobil haydovçisi turli tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan bölib, hozirda uning ahvoli aniqlanmoqda.

Hozirça hodisaning batafsil tafsilotlari örganib çiqilmoqda.

«Özbekiston temiryöllari» haydovçilarni temiryöl kesişmalarida ehtiyotkor bölişga va kelajakda bunday holatlarga uçramaslik uçun yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.