Kiyev meri Vitaliy Kliçko barqaror tinçlik örnatilmagunça Ukrainada saylov ötkazişni töğri deb hisoblamaydi. «Bunday oğir vaziyatda saylov kampaniyasi mamlakatni içkaridan vayron qilib, uni ança zaiflaştirişi mumkin», dedi Kliçko 20 fevral, payşanba kuni DW telekanaliga Pavel Adamoviç mukofotini oliş munosabati bilan Bryusselda ötkazilgan matbuot anjumanida. Uşbu mukofot Yevropa Ittifoqida mahalliy darajada demokratiyani mustahkamlaş, inson huquqlarini himoya qiliş va fuqarolar birdamligini qöllab-quvvatlaşga qöşgan ulkan hissasi uçun beriladi.

«Hozirgi vaziyatda saylovlar bizning vatanimiz uçun zahardir, - deydi Vitaliy Kliçko. - Ukrainaga bosqiçma-bosqiç tinçlik qaytgandan söng, keyingi mantiqiy qadam saylovlar böladi». Uning fikriça, hozirdan saylovlarga tayyorgarlik köriş oqilona emas, çunki «Ukraina mavjud böladimi yoki yöqmi degan savol oçiq».

Ukrainaliklar mustaqillik va hududiy yaxlitlik uçun kuraşayotgan bir paytda, mamlakatdagi siyosiy kuçlar uruşni töxtatiş uçun öz kuç va qudratini birlaştirişi kerak. «Mamlakat içida va uning çegaralaridan taşqarida, Ukraina atrofida birlikka ega böliş juda muhim», — deya xulosa qildi Ukraina poytaxti meri.

Kiyev meri vafot etgan Gdansk meri nomidagi mukofot bilan taqdirlandi

20 fevral kuni Yevroparlamentdagi Yevropa mintaqalar qömitasining yalpi majlisida Vitaliy Kliçkoga Pavel Adamoviç mukofoti topşirildi. U 13 yanvar kuni laureat bölganligi ma’lum böldi. Nomzodlar orasida Lviv meri Andrey Sadoviy, rossiyalik siyosiy mahkum, sobiq munitsipal deputat Aleksey Gorinov va boşqalar ham bor edi. Hakamlar hay’ati Falastin va Isroil hamjamiyat yetakçilari Bassam Aramin va Rami Elxananni yaraşuvdagi sa’y-harakatlari uçun alohida e’tirof etdi.

Hakamlar hay’atining fikriça, Kiyev merining taşabbuslari boşqa şaharlar uçun namunadir. Uşbu taşabbuslar orasida aholiga muammolarni kötariş va mahalliy taşabbuslar böyiça ovoz beriş imkonini beruvçi Kyiv Digital ilovasini joriy etiş hamda hukumat, fuqarolik jamiyati taşkilotlari va mahalliy aholi uçun muhim jamoat maydoni bölib xizmat qiluvçi Vcentri hablar tarmoğini yaratiş kiradi.

«Kiyev meri suv va elektr energiyasi kabi asosiy xizmatlardan foydalanişni ta’minlaş bilan birga, jamoat muhokamalari va forumlardan tortib, onlayn sörovlar va fuqarolik jamiyati taşkilotlari bilan birgalikda jamoat kengaşlari taşkil etilişini qöllab-quvvatlaşgaça bölgan ommaviy maslahatlar va muhokamalar orqali fuqarolar va hokimiyat örtasidagi muloqotni qöllab-quvvatlaydi», deyiladi Adamoviç mukofoti taşkiliy qömitasi matbuot xizmati bayonotida.