Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi
Haydovchi avtomobil qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgan va ichida hech kim bo‘lmagan “Jiguli” kanalga tushib ketgan.
Surxondaryo viloyatida kanalga tushib ketgan “Jiguli” mashinasi chiqarib olingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 8 oktyabr kuni soat 09:48 da sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, FVBga Jarqo‘rg‘on tumani “Guliston” MFY hududidan oqib o‘tuvchi ZANG kanaliga fuqarolardan birining “Jiguli VAZ-2106” mashinasi tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olingan.
Aniqlanishicha, haydovchi avtomobil qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgan va ichida hech kim bo‘lmagan “Jiguli” kanalga tushib ketgan.
Mavzuga oid
18:44 / 22.03.2026
2026 yilda O‘zbekistondagi 50dan ortiq kanal va sug‘orish tarmoqlari ta’mirlanadi
20:42 / 06.03.2026
Suv yo‘qotilishi yuqori kanallar rekonstruksiya qilinadi va betonlashtiriladi
17:25 / 11.10.2025
Buxoroda Matiz kanalga tushib ketdi
21:56 / 15.05.2025