Buxoro şahrida özganing avtomaşinasini qasddan yoqib yuborgan jinoiy guruh qölga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, 26 may kuni taxminan soat 23:30 larda noma’lum şaxs özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qilib, tekin boylik orttiriş maqsadida Buxoro şahar Mustaqillik köçasidagi «Qahhorov» öquv markazi oldidan ötuvçi yöl yoqasida nosoz, qarovsiz qoldirilgan «Jiguli» rusumli avtomaşinaning eşiklari oçiqligidan foydalanib, avtomaşinaga kirgan.

Maşinaning bar qismidan pul yoki boşqa moddiy qimmatliklarni qidirib, topa olmagan şaxs dalillarni yöqotiş va özining jinoiy qilmişlarini yaşiriş maqsadida maşinaga qasddan öt qöyib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi hamda 173-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Olib borilgan tezkor texnik, suriştiruv hamda tergov harakatlari davomida uşbu jinoyatni Buxoro şahrida yaşovçi 13 yoşli Q.S. hamda 14 yoşli R.Ş. oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bölib sodir etgani aniqlangan.

Hozirgi kunda jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.