Andijonda faoliyat yuritayotgan “Sayyid Muhiyddin mahdum” örta maxsus Islom bilim yurtida muassasa taşkil topganining 25 yilligi hamda 2016-2017 öquv yili 4-kurs talabalarining bitiruv keçasiga bağişlangan “Xatmona” tadbiri bölib ötdi.   

Tadbir an'anaviy qorilar musobaqasi ğolibi, bilim yurtining 2-kurs talabasi Sirojiddin Abdujalilov tomonidan Qur'on tilovati bilan boşlandi. 

Katta tayyorgarlik bilan kötarinki ruhda taşkil etilgan tadbir davomida bitiruvçi talabalar ta'lim va tarbiya bergan ustozlariga öz minnatdorçiliklarini bildirdilar. Ular tomonidan badiiy çiqişlar, sahna körinişlari namoyiş etildi.

“Xatmona”da söz olgan viloyat boş imom-xatibi Nuriddin Holiqnazarov, bilim yurti mudiri Mirzomaqsud Alimovlar bitiruvçilarga mustaqil yurtga munosib xizmat qiliş, ilm olişni davom ettiriş niyatida bölgan toliblarga esa muvaffaqiyatlar tiladilar. 

“Sayyid Muhiyddin mahdum”” madrasasiga 1992 yilda asos solingan. Ötgan 25 yil davomida bilim dargohini jami 935 nafar talaba bitirib, yurtimizdagi masjid va madrasalarda faoliyat olib bormoqdalar. Bilim yurtini joriy öquv yilida Özbekistonning turli hududlaridan kelgan  24 nafar tolibi ilm yakunladi. Maskanda umumta'lim  fanlari bilan birgalikda “Qur'oni karim va tajvid”, “Aqoid”, “Fiqh”, “Tafsir”, “Hadis”, “Islom tarixi”, “Dinlar tarixi”, “Mazhab va yönalişlar”, “Arab tili”, “Xatoba”, “Pedogogika va psixologiya” kabi 19 ta maxsus fandan çuqur bilim beriladi.     

- Tört yil davomida bor qalb qörini berib, ta'lim bergan ustozlarimdan juda minnatdorman,- deydi  Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanilik bitiruvçi Farruxbek Ahmadqulov. – Mudarrislarimiz inson ilm orqali dunyoni tanişi hamda Vatan kelajagiga yanada köproq hissa qöşiş imkoniyatiga ega bölişi haqida uqtirdilar. Nasib qilsa, oliy dargohga kirib, öqişni davom ettiriş niyatim bor.

Tadbir söngida yiğilganlar mustaqil diyorimiz ravnaqi, yurtga tinçlik-omonlik, farovonlik tilab duoga qöl oçdilar.