Braziliyaning Embraer aviaquruvçi kompaniyasi mutaxassislari tor fyuzelyajli (gavdali) 70-130 yölovçiga möljallangan yangi samolyotlarga jahon miqyosidagi talab keyingi 20 yilda 6 350 donani taşkil etadi deb hisoblamoqda. Ulardan 2.25 ming donasi 70-90 örindiqli, 4.1 mingtasi esa 90-130 örindiqli samolyotlarga töğri keladi.
Şu tariqa, sotuvlarning umumiy hajmi 300 mlrd dollarni taşkil qiladi. Bu sonlar kompaniyaning yangi hisobotida aks etgan.
Kompaniya tahlilçilarining fikriga köra, 2034 yilga kelib başorat qilinayotgan xaridlarning 39 foizi eskirgan uskunalarni yangilaşga qaratiladi.
Xaridlarning asosiy qismi (2.06 ming dona yoki 32 foizi) Şimoliy Amerika bozoriga töğri keladi. Ikkinçi va uçinçi örinlarni Yevropa (1.16 ming yoki 18 foizi) va Xitoy (1.02 ming/16 foizi) egallaydi. Nihoyat, 380 dona (6 foiz) xaridlar MDH davlatlariga, 240 donasi (4 foiz) esa Afrikaga töğri keladi.
Embraer tor fyuzelajli samolyotlarga bölgan talabni 300 mlrd dollarga baholadi
22:28 / 16.06.20152 4441 min


