2018/19 öquv yilida abituriyentlar — akademik litsey, kasb-hunar kollej va maktab bitiruvçilari turli dastur böyiça tahsil olganliklari sabab OTM qabul böyiça kutilayotgan sinovlarda aynan qaysi darsliklar böyiça test savollari tuzilişi böyiça savollar köpaydi. Masalan, qaysi öquv rejasiga tayanib testga tayyorlanişlari kerak? Köpçilik öqituvçi va repetitorlarning özlari ham «öquvçim imtihonda bilmay qolmasin» degan şubha va taxminlarga asoslanib, ba'zi talab etilgan darsliklarga qöşimça, boşqa ta'lim muassasasining darsliklarini öqitişga yoki örniga örta maxsus ta'lim muassasasining darsligini öqitişga majbur bölişyapti.
Vaziyat şunday ekan, abituriyent özi kirmoqçi bölgan oliy ta'lim muassasasi mutaxassislik fani böyiça barça örta maxsus darsliklarini öqib çiqqan bölib, lekin imtihon payti ma'lumotlar xilma-xilligiga uçrasa, qaysi javobni belgilaşi kerak böladi? Imtihongaça oz vaqt qolgan bölsa-da, haligaça ba'zi fanlardan test savollari tuşiş yoki tuşmasligi haqida aniq ma'lumot yöq bölsa, imtihonda abituriyent tayyorlanmagan fanidan savol tuşib qolsa, u dardini kimga aytadi?
Uşbu noaniq bölgan qaraşlar va muammolarni örganiş uçun örta maxsus ta'lim muassasalaridagi öqituvçi, öquv markazlaridagi repetitor va turli ta'lim muassasalari bitiruvçilari fikri bilan qiziqdik.
«Diplomat» öquv markazining biologiya fani öqituvçisi Ilhomjon Ğulomov:
«10-, 11-sinflar uçun yangi darsliklar naşr etilganligi sababli öquvçi-abituriyentlarda tuşunmovçiliklar yuzaga kelmoqda. Biz öqituvçilar qaysi kitobni öqitişga öylanib qolyapmiz. Davlat test markazining xabarlariga köra, barça darsliklar ya'ni, kasb-hunar kollej, akademik litsey va maktab öquv qöllanmalaridan test savollari tuziladi. Biologiya fanidan akademik litsey va kollejlarga bitta darslik taqdim etilgan bölib, şularni öqitamiz, lekin maktab öquv qöllanmasi hali yangi bölganligi uçun undan savol tuşmasa kerak, deb taxmin qilyapmiz. Şu fanning ön-ön birinçi sinf darsligining ba'zi joylarga yangi qöşimça va özgartirişlar kiritilgan bölib, agar litsey öquvçisiga maktabdan savol tuşib qolsa va öquvçiga taniş bölmasa,unda bizning aybimiz bölib qoladi, deb iloji boriça öşa özgartirişlarni ham qöşib öqitişga harakat qilyapmiz. Şundan özimiz ham xavotirdamiz, çunki aniq ma'lumotga ega emasmiz, bu tomonda imtihonga oz vaqt qoldi».
Javlon Toşboyev, tarix fanidan öqituvçi:
«Öquvçilarimga ikkala kitobning kesişgan bir xil joyini belgilab öqityapman. Ikkita darslik kitoblarini bir xil bölgan ma'lumotlarini özim belgilab çiqib, alohida dastur tayyorlaganman va şundan dars ötaman. DTM rahbari Majid Karimov şu muammo böyiça savolga, akademik litsey, kasb-hunar kollej va maktab darsliklarining har biridan alohida ajratib tuzişga imkon yöq, lekin testlar barça darsliklarning kesişgan, ya'ni hamma darsliklarda mavjud bölgan ma'lumotlardan test savollari tuziladi, degan edi. Lekin bu haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
Qamariddin Usmonov, Moyli Lafasov darsliklarini yangi ön-ön birinçi sinflar darsligi bilan soliştirib, alohida qöllanma qilayotgan edim. Ammo şunçaki buni öquvçiga berib öqitganimiz bilan öquvçi nimani öqib yodlayotganligini özi bilmay qoladi, çunki kesişgan ma'lumotlarni tanlab beramiz.
Masalan, bir öquv markazi faqat Moyli Lafasov darsligini, boşqasi esa faqat 10-11-sinf darsliklarini töliq öqityapti. Har bir öqituvçi özining eşitganlari yoki taxminlariga qarab öz öquvçilarini imtihonga tayyorlayapti.
Şuningdek, bu yildan tarix test savollarida xaritalar ham tuşişi aytilgan edi. DTM saytida berilgan xaritalar bilan tanişdim, u xaritani öquvçi tuşunib yodlaşi juda qiyin. Umumiy nom ostida biror davlat örnida yuzaga kelgan şaharni hozirgi xaritaga moslab, soddaroq, namunaviy qilib tuzilsa, eplaşi mumkin. «Ma'rifat» gazetasi tarix fanidan xaritalar böyiça namuna savollarni çop etişi haqida xabar bergandi, ammo hali çiqmadi biz kutyapmiz».
Akademik litsey tarix öquvçisi Abdusalomov Abdulloh:
«Litsey darsligini odatda öqiymiz, repetitorda 10-11-sinf, kasb-hunar kollejlar darsliklarini ham qöşib örganyapmiz. Bu darsliklarda bir-ikki yil farq qiladigan ma'lumotlar mavjud, asli bitta fakt, lekin ikkita darslikda ikki xil yozilgan. Uni farqini biliş uçun ham ikkala kitobni öqigan böliş kerak. Bir kitobda körgan ma'lumotni yodlaymiz, keyin boşqa kitobdagi farqini körib, qaysi biri töğriligini bilmay köp çalğiymiz. Bu fanning barça kitoblarini öqişga köp vaqt ketadi, bundan taşqari boşqa fanlarga ham tayyorlaniş kerak».
«Matematikadan repetitorimiz DTM bilan boğlanganida, litsey, kollej va maktab darsliklarida bir xil bölgan mavzulardan savol tuşadi, deb aytişgan. Şunga darsliklarning barçasida mavjud bölgan mavzularnigina öqiyapmiz».
Muattar Lutfullayeva, Yuridik kasb-hunar kollejida ona tili fanidan dars beradi:
«Kasb-hunar kollejda «örta maxsus kasb-hunar kollejlari uçun ona tili va adabiyot» darsligi bor, biz şundan örganamiz. Darslik 80 soat, bir yillik kursga möljallangan bölib, jadvalga muvofiq, haftada bir juftlik dars qöyilgan. Albatta, öquvçilar kollej darsligining özi bilan kiriş imtihoniga tayyorlana olmaydi, çunki ajratilgan dars soati juda kam, şuning uçun qöşimça repetitorlarga borişga majbur bölişadi».
Şoxjahon, Smart Education öquv markazi matematika öqituvçisi:
«Matematika fanidan abituriyentlarni imtihonga tayyorlayman, matematikani içida informatikadan ham savollar tuşadi. Öquvçiga matematikaga tayyorlaniş bilan birga kompyuter tilini örganiş murakkablik qiladi va bunga ança vaqt ketadi. Imtihonni yönalişga moslaştiriş kerak, masalan, tanlagan oliy ta'lim muassasa mutaxassisligi IT axborot texnologiyalari bölsa, savol qöşsa böladi yoki alohida informatikadan 30ta savol qöysa böladi. Agar mutaxassisligi iqtisod böladigan bölsa, iqtisodçiga kompyuter tilini biliş muhim emas, matematikadan test savollari içida informatikadan savol kiritilişining umuman keragi yöq. Öqişga kirganidan keyin matematikadan analiz, tahlil qilişni örganadi».
Maktab öquvçisi Muhammadaliyev Ismoil:
11-sinf öquvçisiman, maktabda matematika darsidan taşqari tayyorlovga ham boraman. Avval maktab öquv qöllanmasi, litsey darsligi va 1996-2003-yillarda tuşgan test savollari va mavzular töplanmasidan misollar işlaymiz.
Matematika fanidan test savollari içida 5ta savol informatikadan tuşadi deyilgan, men va öquv kursimdagi köpçilik abituriyentlar bunga tayyorlanmayapmiz, çunki informatikadan test savollari imtihonda tuşmasligi ham mumkin. Şuningdek, informatika fani matematika bilan boğliq emas, 5ta savolga javob topiş uçun 6ta darslikni öqib çiqiş murakkablik qiladi va bunga ulgurmaymiz ham.
Barça yiğilib qolgan savollar yuzasidan Davlat test markazi bölim boşliği Uluğbek Nurmonov quyidagilarni bildirdi:
«Abituriyent özi bitirgan ta'lim muassasasi maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji öquv dasturida qaysi darslikdan öqigan bölsa, öşa darslik böyiça savol tuşadi. Tavsiya etilgan adabiyotlar röyxati DTM saytida berilgan. Şuningdek, saytdagi foydali ma'lumotlar bölimidan fan darsliklarini aniq bilib olişlari mumkin. Akademik litsey, kasb-hunar kollej va maktab darsliklari, hammasi körsatilgan.
Abituriyentlar hujjat topşirganidan keyin qaysi örta maxsus ta'lim, ya'ni maktab, litsey yoki kollej bitiruvçi diplomiga qarab savollar ajratiladi.
Tarix fanidan xaritalar 6-11-sinfgaça yoki kollej va litseylarda ham ötiladi. Savol tartibi masalan, xaritada qayer körsatilgan bölsa, öşa böyiça biror hudud «qaysi joyda belgilangan, töğri belgilangan javobni körsating» kabi savollar bilan javobni aniqlaydi. Xaritada mavjud bölgan ma'lumotdan savol tuşadi, bunda xaritaga «belgilang, çizib bering» degan şartlar bölmaydi.
Ekspertlar abituriyentlarni çalğitadigan, ikkilantiradigan savollar tuzmaydi. Masalan,tarix fanini olib qaraydigan bölsak, bir ma'lumot darsliklarda turliça berilgan, hatto tarix rus tiliga tarjima qilingan kitobda ham ba'zi faktlar boşqa darslikdagidan farq qiladi. Şu böyiça biz mualliflarni ham çaqirdik, ma'lumotlar tekşirilib, ekspertiza qilinmoqda. Talabga javob bermaydigan ma'lumot böyiça test savollari tuzilmaydi. Öquv muassasalarining öquv rejasi har xil bölganligi sababli muammolar kelib çiqmoqda. Biroq, abituriyent özi tamomlagan ta'lim muassasasining dasturidan taşqari bölgan darsliklarga tayyorlanişining keragi yöq.
Matematika fanidan test savollari içida informatikadan savollar tuşmasin degan mazmundagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga va Prezident administratsiyasiga yuborganmiz, lekin hozir aniq javob yöq, çunki loyiha hali tasdiqlangani yöq. Tasdiqlansa, DTM saytida va OAVlarda e'lon qilamiz», — deydi u.
Demak, mutaxassis aytganidek, abituriyentlar bemalol faqat özlari tahsil olgan ta'lim muassasasidagi darsliklar böyiça imtihonga tayyorlanişlari mumkin, oşiqça vaqt sarflab boşqa darsliklarni öqişga hojat yöqligi ma'lum böldi. Şuningdek, tez kunlarda xaritalar böyiça savol namunalari va keçikkan informatika savollari haqidagi taklif tasdiqlangani haqida xabar berilib qolsa, abituriyentlarning boşini qotirayotgan muammolar öz yeçimini topadi deb umid qilamiz.