«ASIA ALLIANCE BANK» BNY Mellon bilan hamkorlikni yölga qöydi va AQŞ dollarida korrespondent hisob oçdi.
Kiçik va örta biznes va xususiy tadbirkorlik vakillariga biznes yuritiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida xorijiy şeriklar bilan hamkorlikni kengaytiriş «ASIA ALLIANCE BANK» ATB faoliyatining asosiy ustuvor yönalişlaridan biri bölib, bu uning investitsion faollikni oşirişda, vakillik munosabatlarini örnatişda, kredit liniyalari va savdoni moliyalaştirişga oid liniyalarni jalb qilişda öz ifodasini topmoqda. Alohida ta'kidlab ötiş kerakki, vakillik munosabatlarini örnatişda, bank hamkorlarning xalqaro reytingiga, öz mijozlarining manfaatlariga, xalqaro hisob-kitoblarning sifati va tezligiga katta e'tibor beradi.
2019 yil sentyabr oyining oxirida «ASIA ALLIANCE BANK» AQŞning yetakçi banklaridan biri hisoblangan Bank of New York Mellon bilan AQŞ dollarida korrespondent hisob raqami oçiş töğrisida kelişuvga erişdi va bitim imzoladi. Ta'kidlaş joizki, Bank of New York Mellon Özbekiston banklari bilan hamkorlik aloqalari örnatişni 90-yillarning oxirlaridan buyon birinçi marta amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, Londonda bölib ötgan SIBOS 2019 konferensiyasi va ötkazilgan muzokaralar doirasida banklar örtasida savdoni moliyalaştiriş va ğaznaçilik operatsiyalari sohasida hamkorlik qiliş töğrisida kelişuvga erişildi. Dunyoning yetakçi banki bilan hamkorlik töğrisida erişilgan kelişuvlar xalqaro hisob-kitoblar sohasidagi faoliyatni kengaytirişga, xalqaro pul ötkazmalari xizmatlarini rivojlantirişga, şuningdek, bankning xalqaro maqomini mustahkamlaşga yordam beradi. AQŞ dollarida töğridan-töğri korrespondent hisob raqamining mavjudligi bank mijozlariga qisqa vaqt içida özaro hisob-kitoblarni amalga oşirişga, şuningdek, uçinçi banklarning komissiya tölovlaridan butunlay ozod bölib, tölov xarajatlarini kamaytirişga imkoniyat yaratadi.

Ma'lumot uçun: Bank of New York Mellon 1784 yilda taşkil etilgan bölib, AQŞda eng birinçi oçilgan banklardan biri hisoblanadi, şuningdek, dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida öz vakolatxonalariga ega bölgan jahondagi yigirmançi eng dastlabki bank hamdir. Bugungi kunda Bank of New York Mellon aktivlari böyiça dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Bankning asosiy vazifalari davlat taşkilotlari va yuqori daromadli şaxslarning investitsiyalarini boşqariş va ularga xizmat körsatişdir. Bank of New York Mellon mijozlari eng yaxşi xayriya va pensiya jamğarmalari, suğurta kompaniyalari, şuningdek, yetakçi universitetlardir. Bank of New York Mellon xalqaro miqyosda yuqori mavqega ega ekanligini, Fortune 500 röyxatiga kiritilgan kompaniyalarning 80 foiziga uşbu bank tomonidan xizmat körsatilayotganligidan ham anglaş mumkin.








