Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yashil» yo‘lakdagi dron to‘xtatib qolindi
Bojxonachilar mamlakatimizga olib kirilishi taqiqlangan tovar moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi samarali kurash olib borishmoqda.

Jumladan, Namangan xalqaro aeroportiga “Moskva-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelib, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro R.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, uning yuklari ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:05 / 23.07.2025
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

12:29 / 18.07.2025
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi

07:50 / 18.07.2025