Human Righs Watch (HRW) xalqaro inson huquqlari taşkiloti yangi hisobotini e’lon qildi, unda Mali hukumati armiyasi va Rossiyaning "Vagner" XHK yollanma askarlari mahalliy fulani etnik xalqiga qarşi şafqatsiz jinoyatlar sodir etişda ayblandi. HRW ma’lumotlariga köra, Mali harbiylari va «Vagner» yollanma askarlari sönggi uç yil içida kamida 12 nafar fulani erkakni öldirgan va ulardan 81 nafarini öğirlab ketgan.
HRW ma’lumotlariga köra, 30 mart kuni Mali askarlari va "Vagner" yollanma askarlari Belidaneji şahriga kirib kelgan hamda guvohlarning sözlariga köra, qoçib ketgan yoki yaşirinib yurgan kamida olti nafar fulani tinç aholisini qatl etgan. HRW 47 yoşli erkakning sözlaridan iqtibos keltiradi: «Ular mening köz öngimda döstimning kökragiga öq uzdi. Askarlar ketgaç, biz beş nafar jasadni topdik va yaradorni evakuatsiya qildik, biroq u keyinçalik kasalxonada vafot etdi», — deydi u.
Qatllar soni bundan ham köp bölişi mumkin, deb yozadi HRW. U «Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan olgan işonçli ma’lumotlarga köra, aprel oyida armiya va "Vagner" jangçilari Kayes mintaqasidagi Sebabugu qişloğidan kamida 65 fulani çöpon va çorva savdogarini qatl qilgan. Ular reyd davomida uşlangan va armiya lageriga olib ketilgan».
Matnda aytilişiça, Mali hukumati armiyasi va "Vagner" uç yildan beri mamlakatda faoliyat yuritayotgan isyonçi guruhlarga qarşi qurolli reydlar ötkazmoqda. Bu guruhlardan biri "Al-Qoida" bilan aloqador taşkilot öz safiga fulani erkaklarni jalb qilişga urinayotgani xabar qilinmoqda. «Malining bir-birini aliştirgan hukumatlari fulani xalqini jangarilar deb bilib, ularni jiddiy xavf ostiga qöydi», — deydi huquq faollari.












