Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston energetika sohasiga mikroinvestitsiyalar jalb qilinadi
O‘zbekiston Energetiklari milliy assotsiatsiyasi delegatsiyasi amaliy safar bilan Belarusda bo‘ldi.

Foto: "Dunyo" AA
Safar davomida "VOLMA" resurs ekotexnoparki, Respublika kasb-hunar ta’limi instituti, Davlat standarti energiya samaradorligi kafedrasi, Power Green Limited kompaniyasi, Soft Club xalqaro IT kompaniyasi va boshqalarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.
Muloqot chog‘ida davlat infratuzilmasi barqarorligi va energiya samaradorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Suvni tozalash, suv ta’minoti, elektr, gaz, issiqlik ta’minoti, shuningdek, kanalizatsiya va markaziy isitish tizimlari faoliyati bilan bog‘liq asosiy vazifalar muhokama qilindi. Quvurlar korroziyasi muammosi o‘rganildi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Energetiklari milliy assotsiatsiyasi, "VOLMA" ekotexnoparki va Respublika kasb-hunar ta’limi instituti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, Respublika kasb-hunar ta’limi instituti bilan 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash va hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bragin shahridagi quyosh elektr stansiyasiga tashrifi chog‘ida yurtimiz delegatsiyasi vakillari stansiyaning texnik xususiyatlari, energiya saqlash yechimlari va atrof-muhit monitoringiga yondashuvlar bilan tanishdi. Yevropa standartlari bo‘yicha quyosh elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish tajribasi o‘rganildi.
Tomonlar "yashil" energetika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, jumladan, O‘zbekistonda ham ana shunday loyihalarni amalga oshirish uchun Belarus tajribasini tatbiq etish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, PV CONSULT LTD. va Soft Club kompaniyalari bilan O‘zbekiston energetika sohasini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvlar yakunida tomonlar energetika sohasiga xususiy va davlat moliyaviy vositalarini, jumladan, mikroinvestitsiyalarni jalb qilish uchun qurilish va energetika sohalarida pilot loyihalarni ishga tushirish hamda ICO mahsulot yechimlaridan foydalanish bo‘yicha harakatlar rejasini belgilab oldi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayollarga tazyiq va zo‘ravonlik holatlari 121 foizga oshgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 09:04
-
UBS universiteti: O‘zbekistonda xalqaro ta’limni rivojlantirishda yangi bosqich
O‘zbekiston | 09:00
-
To‘qayev taekvondo bo‘yicha qora kamarni oldi va taxtani sindirdi
Jahon | 08:53
-
Qo‘qonda qalbaki pullarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 08:11
Mavzuga oid

01:24 / 12.08.2025
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi

18:07 / 11.08.2025
“O‘zbekneftgaz” benzin narxini 2 foizga pasaytirganini e’lon qildi. Iqtisodchi buni manipulyatsiya deb hisoblayapti

10:00 / 10.08.2025
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti

20:16 / 09.08.2025