DXX xabariga köra, Davlatobod tumanida yaşovçi şaxsning xorijdan olib kelingan 57 dona Iphone 16 PRO MAX telefon qurilmalarini Toşkent xalqaro aeroportida işlovçi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi böyiça röyxatdan ötkazib beriş evaziga har bir uyali aloqa vositasi uçun 100 AQŞ dollaridan, jami 5700 AQŞ dollari hamda muqaddam fuqaro tomonidan çet eldan deklaratsiyada körsatmagan holda kiyim-keçaklarni olib kelgani yuzasidan çora körmagani evaziga 400 AQŞ dollari talab qiladi.
Inspektor joriy yilning 11 va 14 iyul kunlari söralgan pul mablağidan 900 AQŞ dollari hisobida 11 mln 317 ming sömni özi va qarindoşiga tegişli bank plastik kartalariga ötkazdirib oladi.
Ammo, 16 iyul kuni u 1000 AQŞ dollari hisobida 12 mln 550 ming sömni qarindoşining bank plastik kartasiga ötkazdirib olgan vaqtida DXX, Boş prokuratura huzuridagi departament hamda Bojxona qömitasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.













