Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin hududida bir kishiga kuniga 67-70 ming so‘mlik yeguliklar berilmoqda – Anvar Alimov
Sog‘liqni saqlash vazirligi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Anvar Alimov navbatdagi brifing chog‘ida karantin hududidagi ta'minot haqida so‘zlab berdi.
«Karantin hududlarida kasallikka chalingan bemorlar bilan ishlovchi shifokorlar 14 kun uchun 25 mln so‘m, hamshiralar 15 mln so‘m, kichik tibbiy xodimlar 10 mln so‘m ish haqi olishmoqda. Har 14 kunda ular to‘liq almashadilar va kuzatuv ostida bo‘ladilar.
Karantin hududidagilar ta'minotiga keladigan bo‘lsak, ularga har kuni autsorsing asosida 67 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha qiymatda oziq-ovqatlar yetkazib berilmoqda», dedi shtab a'zosi Anvar Alimov.
Ma'lumot uchun, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 55 gektar hududda barpo etilgan «O‘rtasaroy» karantin hududi 20800 o‘ringa mo‘ljallangan. Maxsus izolyatsiya xonalarida 4 kishi davolanib, profilaktika qilinadi. Xonalar barcha tibbiyot jihozlari va sanitariya-gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Shuningdek majmuada ovqatlanish, laboratoriya, tibbiyot xodimlari uchun turarjoylar, reanimatsiya bo‘limlari va karantin uchun maxsus xonalar ham barpo etilgan. 3467 konteynerdan iborat majmua elektr energiyasi, issiq va sovuq suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan.
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «O‘rtasaroy» karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslarning noroziligi aks etgan video tarqalgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, maxsus komissiya qaroriga ko‘ra Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga karantin qoidalari kuchaytirilgan 10 iyuldan boshlab O‘rtasaroydagi karantin hududida saqlanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta'minlashni maqbullashtirish vazifasi topshirilgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Xitoy Toshkentda akkumulyatorlarni saqlash tizimini barpo etadi
O‘zbekiston | 14:34
-
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi
O‘zbekiston | 14:25
-
Germaniyada bir yil ichida deportatsiyalar soni sezilarli darajada oshdi
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

09:07 / 06.12.2024
Anvar Alimov yangi lavozimga tayinlandi

21:59 / 27.11.2022