Özi tasvirda körinmagan video muallifi «Örtasaroy» karantin majmuasida saqlanayotgan odamlar 17 kundan beri uşlab turilganini, belgilangan muddat yakuniga yetgan bölsa-da ruxsat berilmaganini aytadi.
«Yigirmançi [iyun] kuni keldik. Bugun 18 kun böldi. Keça «obed»dan beri heç kim bizga ovqat bergani yöq. Bolalarimiz bilan oç yotibmiz. Qaçon bu yerdan ketamiz? Kimga uçraşsak böladi?», deydi videoda karantin darvozasini tepayotgani köringan ayollardan biri.
https://ok.ru/videoembed/1573556456127
Video muallifi karantinda saqlanayotgan fuqarolarning savollariga heç kim javob bermayotganini ta'kidlaydi.
Kun.uz muxbiri Soğliqni saqlaş vazirining örinbosari Uluğbek Sobirov bilan boğlanib, mazkur holat yuzasidan izoh söradi.

Foto: dermatology.uz
«Ayni paytda «Örtasaroy» karantin majmuasidaman. Uşbu majmua epidemiologik noxuş hududlardan olib kelingan şaxslar saqlanayotgan Özbekistondagi eng yaxşi karantin hududlaridan biri. Bu yerdagilarga berilayotgan ovqatlar yaxşi, sifatli. Hammasi vaqtida berilayapti.
Pandemiya şaroitida yaşayapmiz, epedimiya butun respublikaga tarqalib ketmasligi uçun xorijdan kelganlar yoki koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumonlanganlarni şu yerda saqlab turibmiz. Ularni vaqtida boşqalardan ajratib, diagnostika qilib soğlomlaştirib çiqaryapmiz.
Kasallik tarqab ketmasligi uçun epidemiologik nuqtai nazardan nima kerak bölsa hammasini qilyapmiz. Bitta xonada törttadan odam saqlanayotgan bölsa, ularning orasidan kimdadir kasallik çiqqan taqdirda u zudlik bilan boşqa joyga ötkazilmoqda. Tabiiyki, şu xonada yaşagan qolgan uç kişining karantin muddati sal çöziladi. Ulargayam kasallik yuqqan-yuqmaganiga işonç hosil qiliş uçun şunga majbur bölyapmiz.
Ammo fuqarolarimiz şunga çiday olmayapti. Ularga karantin muddati çözilayotgani yoqmayapti. Ayrimlar nega bizni boşqalardan köproq uşlab turibsizlar deb töpolon qilişyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga mana şu narsa sabab bölgan. Biroq videoda aytilganidek, ikki kundan beri oç qolişgani, ovqat berilmayotgani yolğon. Bu yerda şaroitlar yaxşi, har bitta xonada konditsioner, televizor, yuviniş xonalari, ya'ni uydagi hamma şaroit bor.

















