Maxsus şifoxonada charter reyslarda xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan özbekistonliklar karantinda saqlanadi. Poytaxtdan 25 kilometr uzoqlikda. Bu yerda barça şaroitlar mavjud böladi. Şifoxonani 5 iş kunida barpo etiş közda tutilgan.
Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, ayni paytda quriliş obektida 45 ta brigada 1 100 nafardan oşiq quruvçi, 100dan ortiq oğir texnika işlayapti. Quriliş yakunida karantin muassasasida 20 800 nafar şaxs izolyatsiyaga olinadi.
Maxsus izolyatsiya xonalarida 4 kişi davolanib, profilaktika qilinadi. Xonalar barça tibbiyot jihozlari va sanitariya-gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Şuningdek majmuada ovqatlaniş, laboratoriya, tibbiyot xodimlari va xöjalik qismlarini ham quriş işlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.
Maxsus karantin xonasida tibbiyot xodimlari uçun turarjoylar, reanimatsiya bölimlari va karantin uçun maxsus xonalar ham barpo etiladi. Konteynerlar elektr energiyasi, issiq va sovuq suv va boşqa kommunikatsiya tarmoqlariga ulanadi.
28 mart kuni foydalanişga topşirilişi kutilayotgan maxsus şifoxona qurilişi qanday keçayotgani haqida Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati fotoreportaj tayyorlagan.































