Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Lacetti» qizil chiroqda to‘xtab turgan yuk avtomobiliga kelib urildi. Haydovchilardan biri vafot etdi
Poytaxtda "Lacetti" avtomobili qizil chiroqda to‘xtab turgan yuk avtomobilining orqa tomoniga urildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 10 iyun kuni soat 22:00larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, KHAY hamda Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan F.E. "Lacetti" rusumli avtomobilni boshqarayotib o‘zidan oldinda, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilib, YTH sodir etgan.
Natijada, "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi F.E. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

13:20 / 23.07.2025
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi

18:33 / 22.07.2025
Toshkent hokimi ko‘cha va yo‘llarga panjara o‘rnatish uchun qariyb 7 mlrd so‘m ajratdi

12:14 / 22.07.2025
Farg‘ona viloyatida "Nexia-3" jarlikka ag‘darilib ketdi, 18 yoshli bola halok bo‘ldi

11:14 / 22.07.2025