Toşkent şahri hokimligi köçalar va yöllarda piyodalar bilan boğliq yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida temir panjaralar örnatiş uçun 6,9 mlrd sömdan ortiq mablağ ajratadi. Şahar hokimi Şavkat Umrzoqov şu mazmundagi qarorni imzoladi.
Qarorda aytilişiça, Toşkent şahri köça va yöllarida harakat xavfsizligini ta’minlaş va piyodalar bilan boğliq yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida temir panjaralar örnatiş uçun 6 mlrd 912,5 mln söm mablağ Toşkent şahri rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan ajratiladi.
Loyiha buyurtmaçisi sifatida «Toşkent şahar hokimligi Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi belgilangan. Kompaniya obektni loyihalaş va ta’mirlaş böyiça boş loyihaçi va pudratçi taşkilotlarni belgilaydi hamda zarur ruxsatnomalarni «Yagona darça» tamoyili asosida rasmiylaştiradi.
20 may kuni Toşkent şahri hokimi şu maqsadda 1 mlrd 460 mln söm ajratiş haqida qaror imzolagan edi. Unda 588 mln sömga qavariq piyodalar ötiş joylarini taşkil etiş uçun tuman Obodonlaştiriş boşqarmalariga ötkazilişi belgilangandi.












