Inspeksiya bayonotida qaysi tarmoqlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
“O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida”gi qonunining 271-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021 yil 2 iyuldan “Shaxsga doir ma'lumotlar sub'yektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritildi va internet tarmog‘ida mazkur resursdan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish o‘rnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 2 iyul kuni ertalabdan o‘zbekistonliklar Twitter, TikTok, Skype va Vkontakte platformalariga kirishda muammolarga duch kelmoqda.
16 apreldan boshlab “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga yangi qo‘shilgan 27-1 modda kuchga kirgan. Bu moddaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma'lumotlar jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlanishi talab qilinmoqda.
Qonun kuchga kirgach, “O‘zkomnazorat” Google, Facebook, TikTok, Telegram va boshqalar doxil O‘zbekistondagi ommabop internet-servislar ma'muriyatiga ogohlantirish xatlari yuborgan. Ulardan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga oid ma'lumotlarni respublikaga olib kelib saqlash talab qilinyapti.
Rasmiylarga ko‘ra, olib kelinishi talab qilinayotgan shaxsiy ma'lumotlar sirasiga fuqarolar tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish uchun ishlatadigan ism-familiya, telefon raqam va pasport ma'lumotlar kabilar kiradi.
“O‘zkomnazorat” boshlig‘i G‘olibsher Ziyoyev Kun.uz savoliga javoban shaxsiy yozishmalarni O‘zbekistonga ko‘chirish shart emasligini

















