«Bu qöşimça köplab xavotirlarga, farazlarga sabab bölmoqda. Ba'zi talqinlarga köra, bu modda Facebook, Telegram, Instagram, TikTok, Twitter va boşqa ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga jiddiy ta'sir qilişi mumkin ekan. Jumladan, yuqoridagi moddadan kelib çiqib, Özbekiston huqumati, vatandoşlarga tegişli barça ma'lumotlarni Özbekiston hududidagi serverlarda joylaşni talab qilişi, aks holda, bu ijtimoiy tarmoqlar yopilişi mumkinligini aytişmoqda.
1. Ijtimoiy tarmoqlardagi insonlarning şaxsiy taşabbusi va mas'uliyati bilan joylaştiriladigan ma'lumotlar – şaxsning özi va boşqalar töğrisidagi axborot yiğiş va tarqatiş, fikrlaş erkinligi, söz erkinligi, muloqot huquqi hisoblanadi. Bu — insonning fundamental, universal huquqlari sanaladi, xalqaro qonunlar va Özbekiston Konstitutsiyasi bilan kafolatlanadi. Şaxsning ba'zi ma'lumotlari davlat himoyasidagi uning xavfsizligi, şa'ni bilan boğliq sirlari hisoblanişi mumkin. Masalan, uning qon guruhi, aniq yaşaş manzili, rasmiy hujjatlaridagi ma'lumotlari, yaqinlari kimligi, soğliği bilan boğliq muammolari va hokazo. Bunday ma'lumotlarni himoya qilişda, davlat va jamoatçilik jamiyat a'zolariga umumiy körinişda tuşuntiriş işlari olib borişi kerak böladi.
2. Ijtimoiy tarmoqlar serverlarini Özbekistonda joylaştirişni talab qiliş – texnologik jarayonlarni tuşunmaslikdir. Çunki şaxslarning ma'lumotlari, ijtimoiy tarmoqlarda ularning fuqaroligiga qarab yoki yaşaş joyiga qarab joylaştirilmaydi. Bu öta murakkab texnologik jarayon hisoblanadi. Buning ustiga, fuqaroligiga qarab odamlarni «sortirovka» qilişni talab qiliş – diskrinimatsiya hamda totalitar nazorat hisoblanadi.
3. Agar «şaxsga tegişli ma'lumotlarni himoya qilamiz» degan totalitar mantiq davom ettirilsa, unda ijtimoiy tarmoqlardan oldin elektron poçtalar, undan ham oldin mobil kompaniyalar tösiqqa uçraşi kerak böladi. Masalan, şaxsga tegişli ma'lumotlar miqdori, Facebook’dan köra, Google’da, Rossiyaning elektron poçtalarida ança köp bölişi kerak. Yoki 1990-2010 yillarda, birgina «Özdunrobita», keyinçalik MTS kompaniyasi qölidan, Özbekiston aholisiga va elitasiga tegişli gigant ma'lumotlar oqimi ötdi. Agar yuqoridagi mantiqqa tayanilsa, unda axborot, aloqa va keng jamoatçilikka xizmat körsatiş bilan işlaydigan har qanday xorijiy kompaniyalarni yopiş, milliylaştiriş kerak böladi.
4. Yuqoridagi özgartirişning huquqiy çegarasi aniq belgilanişi va tuşuntirilişi kerak. Bu huquqiy talab, faqatgina davlat organlarining (Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Taşqi işlar vazirligi va h.k.) fuqarolarga tegişli bölgan xususiy, şaxsiy va maxfiy ma'lumotlar bazalari saqlanadigan serverlarga nisbatan qöllanişi kerak. Ya'ni bu talab – davlatga, hokimiyatga, hukumatga, davlat organlariga tegişli! Aslo, fuqarolarga, ularning erkinliklariga emas.














