Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekoqo‘m tizimidagi xodimlarga qo‘mita raisini internetda maqtash topshirig‘i berilgani aytilmoqda
Ekologiya qo‘mitasi raisining Kun.uz'ga bergan intervyusi ostida ijobiy izohlar yozish topshirig‘i berilgan skrinshot tarqaldi. Qo‘mita matbuot xizmati rahbari bunga aloqasi yo‘qligini bildirdi.
28 iyul kuni Kun.uz saytida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov bilan uyushtirilgan intervyu e'lon qilingandi.
Unda O‘zbekistonning ekologik muammolari va ularning yechimlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda qo‘mita rahbariyati faoliyatiga nisbatan bildirilayotgan turli tanqidiy munosabatlar haqida so‘z boradi.
Intervyu e'lon qilingach, Kun.uz'ga qo‘mita matbuot xizmati tomonidan yuritiladigan guruhdagi yozishmalar ekani aytilgan skrinshot yetib keldi.
Unda Telegram tarmog‘ida “Ozod Rajabov” nomli akkauntdan yozgan shaxs Alisher Maqsudov bilan suhbat ostida rais va qo‘mita sha'niga ijobiy izohlar yozish topshirig‘ini bergani hamda topshiriq natijasini nazorat qilib borgani ko‘rinadi.
“Barchani ishga soling”, “Rais bilan suhbat tagidagi kommentlarni ijobiylari bilan to‘ldirish joiz”, “Yutubga ham”, “Bosinglar endi tez”, deya yozadi akkaunt egasi.
YouTube'dagi video ostida qoldirilgan qator izohlardan kelib chiqib, bu topshiriq bajarilgan bo‘lishi mumkinligini ehtimoldan soqit qilib bo‘lmaydi. Izohlarda Alisher Maqsudovning sha'ni, ishlash uslubi, ekologiya uchun jonkuyarligi borasida ko‘plab maqtovlar yozib qoldirilgan.
Boshqa bir skrinshotda topshiriqni bajargan shaxs ekani aytilayotgan akkaunt egasi “Assalomu alaykum, ma'lumot o‘rnida”, deya o‘zining shu kabi izohlarining skrinshotini tashlab berganini ko‘rish mumkin.
Skrinshotlarda raisni maqtash topshirig‘ini bergan akkaunt “Ozod Rajabov” deya nomlangan bo‘lib, bu – Ekoqo‘mitaning ayni paytdagi matbuot kotibining ism-familiyasiga mos tushadi. Matbuot kotibi Kun.uz bilan suhbatda bunday topshiriq bermaganini bildirdi.
“Raisimizning intervyusi ostida ijobiy izohlar yozish bo‘yicha hech kimga hech qanday topshiriq bermaganman. Blogerlar bu gaplarni qayerdan olib, qayerdan chiqarayotganini bilmayman. Men safarda yuribman. Toshkentga borgach, hammasini gaplashamiz.
Mening raqamim hamma uchun ochiq, balki kimdir Ozod Rajabov degan ism bilan qilayotgandir bu ishlarni. Bu men uchun ham qiziq ish, balki dushmanlik qilaman degan odam ishxonamizdadir va u mening kompyuterimga kirgandir”, – deydi qo‘mita matbuot xizmati rahbari Ozod Rajabov.
Eslatib o‘tamiz, Ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati shu yil fevralida ham jamoatchilik diqqat markaziga tushgan, o‘shanda qo‘mita matbuot xizmatini boshqarib kelgan Bunyod Abdullayev “yuqoridan” berilgan norasmiy topshiriqni bajarishdan bosh tortgani sababli bosim ostida ishdan bo‘shashga majbur bo‘lganini aytgandi.
Ilyos Safarov,
Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi

10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi

10:24 / 15.05.2025