O‘zbekiston | 07:42 / 25.01.2022
3289
4 daqiqa o‘qiladi

Davlat kadastrlari palatasining funksiyalari kengaytirildi

Foto: Shutterstock

Hukumatning “Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat prezidentning "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq qabul qilindi. 

U bilan yuqorida ko‘rsatilgan Vazirlar Mahkamasining qaroriga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

  • birinchidan, qarorning 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshisi bilan to‘ldirildi: bunda, ushbu bandni, ya’ni Kadastr agentligi xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi, amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘laridan saqlanadigan xodimlar uchun davlat budjetidan, qolgan xodimlar bo‘yicha DSQ huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
  • ikkinchidan, 1-ilovaning 27 va 28-bandlari yangi tahrirda bayon qilindi. Unga ko‘ra, agentlik direktori ikki o‘rinbosar (ilgari - 4 ta, bittasi – birinchi o‘rinbosar) hamda uch maslahatchiga ega bo‘ladi (ilgari, bu lavozim bo‘lmagan). Maslahatchilar o‘rinbosarlar maqomiga tenglashtiriladi;
  • uchinchidan, 1-ilovaning 34-bandi quyidagi mazmundagi tahrirda bayon qilindi: agentlikda agentlik direktori (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, uning faoliyati asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat hay’at tuziladi;
  • to‘rtinchidan, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish komissiyalari tashkil etilmoqda. Qo‘shimcha 2-ilovaning 6-bandiga kiritildi.

beshinchidan, davlat kadastrlari palatasining funksiyalariga yana quyidagilar qo‘shildi:

  • yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
  • yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha milliy hisobotni milliy geoaxborot tizimida yuritilishini amalga oshiradi;
  • yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etadi va amalga oshiradi;
  • yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat milliy geoaxborot tizimida yuritadi;
  • har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
  • hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etadi;
  • oltinchidan, qaror 4-, 5-, 6-ilovalar bilan to‘ldirildi, ularga ko‘ra, agentlik xodimlarining mehnatiga haq to‘lash Yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilanadi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 