Rossiyaparast ruminiyalik siyosatçi Kelin Jorjyesku Markaziy saylov komissiyasiga prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida röyxatdan ötiş uçun hujjatlarni topşirdi. Bu haqda 7 mart, juma kuni Ruminiyaning Agerpres axborot agentligi xabar berdi.
Jorjyesku mustaqil nomzod sifatida qatnaşmoqda
62 yoşli öta öng siyosatçi rafiqasi bilan birga Markaziy saylov komissiyasiga kelgan. Uning yuzlab tarafdorlari bino taşqarisida töplanişgan. Jorjyesku öz nomzodini qöyiş uçun 324 ming imzo töplaganini aytdi. Qonunga köra, har bir nomzod kamida 200 ming fuqaroning qöllab-quvvatlaşini ta’minlaşi kerak.
Jorjyeskuga imzo töplaşda Ruminiyaliklarni birlaştiriş alyansi (AOR) va Yoşlar partiyasi yordam berdi. Ularning rahbarlari Jorj Simion va Anamariya Gavrilya ham Jorjyeskuni qöllab-quvvatlaş uçun MSKga kelişdi.
U mustaqil nomzod sifatida röyxatdan ötiş uçun hujjatlarni topşirdi. Bundan oldin u millatçi AOR a’zosi edi.
Jorjyesku birinçi tur natijalari bekor qilinişi haqida
Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi 24 noyabr kuni bölib ötgan prezidentlik saylovlarining birinçi bosqiçi natijalarini bekor qilgan kunni nazarda tutgan siyosatçi: «2024 yil 6 dekabrda demokratiya öldirildi. Bugun Ruminiya xalqi uni tiriltirdi», dedi. Öşanda Jorjyesku ğolib deb e’lon qilindi, unga saylovçilarning 22,94 foizi ovoz berdi.
Ruminiya maxsus xizmatlari Rossiyani saylovlarga, xususan, siyosatçini ijtimoiy tarmoqlarda ommalaştiriş kampaniyasi orqali aralaşişda aybladi. Ta’kidlanişiça, Rossiya Jorjyeskuni reklama qiliş uçun minglab TikTok akkauntlaridan foydalangan. Ruminiya Boş prokuraturasi natijalarni soxtalaştiriş böyiça iş oçdi. Takroriy saylovlar 4 mayga belgilangan. Agar nomzodlardan heç biri 50 foizdan köp ovoz töplay olmasa, ikkinçi tur 18 may kuni bölib ötadi.








