Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining jamoatçilik kengaşi yiğilişida bu taklifni örtaga taşlagan Bekmurodov vazirlikdan sörovnomalar orqali davlat taşkilotlarida mehnat unumdorligini baholab çiqişni söradi.

Yiğilişda Davlat boşqaruvi akademiyasi rektori butun dunyo, jumladan, Buyuk Britaniya ham tört kunlik iş haftasiga ötiş böyiça tadqiqot ötkazgani, şu sababli Özbekistonda ham iş rejimi va mehnat unumdorligi masalasida ilmiy-tadqiqot işlari ötkazilişi kerakligini ta’kidladi.

“Biz esa hali yakşanba kuni [dam olişga] kuraşib, erişa olmayapmiz. Şuning uçun bir yaxşilab öylab körişimiz kerak. [Haftasiga] yetti kun işlaganimizdan keyin, sakkizinçi kundagi mehnat unumdorligi jumaga nisbatan qançaga tuşib ketadi? Buni olimlar hisoblasa böladi. Heç bölmasa [şu masala] bir kun kötarilgan paytda: “Mana, bu borada tadqiqot bor, 4 kunlik iş rejimiga ötsak, bizda mehnat unumdorligi bunaqa böladi”, deb ayta olamiz.

Oddiy bitta misol: Markaziy davlat boşqaruv organlari bilan ularning hududiy boşqarmalari örtasida beş yuzdan ortiq bir-birini takrorlaydigan funksional vazifalar bor. Öşa işni kimdir qilişi kerak, lekin bitta işni uçta darajada qiladiganlar bor. Şuning uçun mehnat unumdorligi 8 soatda davlat idorasi xodimi uçun qanaqa intensiv bölişi kerak va şundan kelib çiqib, uni xronometraj qiliş kerak.

Masalan, bir kunda u nima iş qilyapti? Bu savolni kötarsak, darrov bizga e’tirozlar böladiki, özi ötirgan odamlarning foydasi bormi? Biz foydasi bor yoki yöqligini baholaşimiz kerak, buning uçun esa avval ilmiy tadqiqot ötkazilişi kerak”, – dedi akademiya rektori.

Bekmurodovning sözlariga köra, Özbekistonda 120 mingga yaqin davlat xizmatçisi bor. Oxirgi 5 yilda davlat idoralari soni 2 barobarga, mehnat intensivligi esa 4,5–5 barobarga oşgan.

“Ötgan yili 97 mingga yaqin davlat xizmatçisi, ya’ni davlat boşqaruvi organlarining turli darajadagi rahbar-kadrlari akademiyamizda öqidi. Joriy yilning 6 oyi davomida esa 52 ming kişini öqitdik. Ularning aksariyatiga darsga özim kiraman-da, doim közlariga qarab baho beraman: ulardagi mehnat unumdorligini oşirişning birinçi drayveri – iş rejimini optimallaştiriş.