Kompaniya bayonotiga köra, Microsoft Japan har juma kuni «Work-Life Choice Challenge Summer 2019» deb nomlangan aksiya doirasida öz ofislarini yopgan. Kompaniyaning doimiy işçilari uşbu dam oliş kunlari uçun maoş olişgan.

Uşbu tadbirlar 2280 nafar xodimning 90 foiziga taalluqli bölgan. Ularga yarim soatdan köp vaqt talab etadigan yiğilişlar ötkaziş taqiqlangan va işga oid barça masalalarni yuzma-yuz uçraşuvlarda emas, messenjer orqali hal etiş tavsiyasi berilgan. 

Natijada samaradorlik, ya'ni bir xodimga töğri keladigan sotuv hajmi deyarli 40 foizga oşgan.

«Kamroq işlang, yaxşilab dam oling va köp bilim egallang. Insonga hayot maqsadini anglaşga va işda yanada yuqori marralarga erişişga imkon beruvçi muhit kerak. Men xodimlarimning böş vaqti 20 foizga kamroq bölganda ham xuddi şunday muvaffaqiyatlarga erişişlarini xohlayman», — deydi Yaponiyadagi  Microsoft prezidenti Tukuyya Xirano.

Qayd etiş kerakki, bu yapon korporatsiyasi uçun ğayrioddiy falsafa. U yerda köp yillardan beri me'yoridan ortiq işlaş va oğir, ba'zida halokatli iş stressi mavjud.  

«Aqlli hordiq»

2017 yilda ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, Yaponiya kompaniyalarining deyarli çorak qismida xodimlar oylik me'yordan örtaça 80 soat köp işlaşadi. Aksariyat hollarda uşbu qöşimça iş vaqtiga haq tölanmaydi.

Yapon tilida «karosi» atamasi ham mavjud bölib, bu keragidan ortiq işlaşdan vafot etişni anglatadi. Yaponiyaliklar yilda örtaça 1713 soat vaqtini işda ötkazadi.

Şu sababli, Microsoft tajribasidan keyin ötkazilgan sörovda xodimlarning 92 foizi uşbu aksiya özlariga ma'qul bölganini aytişgani bejiz emas.

Bundan taşqari, ofisda qöşimça dam oliş kunli ötgan bir oylik iş vaqti davomida elektr energiyasi iste'moli 2018 yilning avgustiga taqqoslaganda 23 foizga, qoğoz sarfi esa 59 foizga kamaygan.

Microsoft öz tajribasini qişda ham takrorlab körmoqçi. Bu safar xodimlarga qöşimça ta'til kunlari öz-özidan berilmaydi. Ular yana bir hordiq kuni olişga va «aqlli dam oliş»ga ruhlantiriladi.

Olti kun

Alibaba asosçisi Jyek Ma esa aksinça, avvaldan 12 soatlik iş kuni joriy etiş tarafdori bölgan. 2019 yilning aprel oyida «966» nomli öz sxemasini taqdim qildi, unda işçilar ertalab soat 9:00dan keçki soat 21:00gaça işlaşadi, uning ikkinçi nomi «baraka».